2025-yilning 17-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 17-sentabrdagi 01-PA 1-14319-son topshirig'ining ijrosini ta'minlash, shuningdek, "11-noyabr - O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni" bayramini munosib nishonlash hamda uning doirasida o'tkaziladigan tadbirlar tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida xodimlar o'rtasida stol tennisi hamda shaxmat musobaqalari o'tkazildi.
Turnirda stol tennisi bo'yicha erkaklar o'rtasida institut tayanch doktoranti Kamoliddinov Farrux birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, ayollar o'rtasida institut tayanch doktoranti Ermatova Mushtariy g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shuningdek, shaxmat musobaqasida erkaklar o'rtasida institut texnik xodimi Salimov Samandar go'lib bo'lgan bo'lsa, ayollar o'rtasida yana bir bor Ermatova Mushtariy g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.
G'oliblar Kasaba uyushmasi tomonidan medal ham esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.