SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

2023-yil 19-dekabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga  O‘mon Sultonligi Mudofaa vazirligi Milliy Mudofaa bilim yurti o‘qituvchi va tinglovchilaridan iborat delegatsiya (28 nafar)  tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institutning ilmiy kotibi Nemat Jabborov, Xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi Umid Raxmanov va institutning doktoranti Ibrohim Usmonovlar kutib olishdi.

 Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari   tomonidan nashr  etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga tushib, institut binosining ochilish marosimi va qurilish bosqichlari suratga olingan video-filmni tomosha qilishdi. Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya, skanerlash bo‘limlari va kutubxonasi ko‘rsatilib, institut faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari mehmonlarda juda katta ta’surot qoldirdi. Tashrif yakunida mehmonlar iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirb, o`zlarining dil izhorlarini faxriy mehmonlar qayd daftariga yizib qoldirishdi.

2023-yil 14-dekabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga  Tatariston Fanlar akademiyasi prezidenti Minnixanov Rifkat Nurgalievich,  Tatariston Fanlar akademiyasi  vitse-prezidenti Timerxanov Aynur Axatovich, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori Alikberov Alikber Kalabekovich, Javaharnal Neru universiteti professori K.Wariko   tashrif buyurishdi.

 Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari   tomonidan nashr  etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya va skanerlash bo‘limlari ko‘rsatilib, yangi bino qurilishi  bo‘yicha  ma’lumotlar berildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga tushishdi. Institut direktori Prof. B.Abduhalimov mehmonlarga institut faoliyati va kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar haqida gapirib berdi. Shundan keyin mehmonlar  so‘zga chiqib  o‘z faoliyatlari haqida institut xodimlariga ma’lumot berib o‘tishdi. Mehmonlarga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag'ishlangan yubiley tadbirining tantanali marosimidan lavha.

Page 24 of 73

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…