"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743

2023-yil 26-sentabr kuni Abu Rahyon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Abay nomidagi Qozog’iston Milliy Pedagogika Universiteti professori, Sarkitkan Kaster va mazkur Universitetning dotsenti Bolatbek Batirxan tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut ilmiy kotibi N.Jabbarov va xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi U.Raxmanovlar kutib olishdi. Dastlab N.Jabbarov mehmonlarga institutning ilmiy faoliyat doirasi, institut ilmiy bo’limlari faoliyati va institut yangi binosi haqida ma’lumot berib o’tdi. Mehmonlarni qiziqtirgan savollarga Institutning faxri hisoblangan tarix fanlari doktori, akademik Dilorom Yusupova va  Institutning yosh iqtidorli xodimi, tarix fanlari bo`yicha PhD Xurshid Azimov javob berdilar. Tomonlar bir-birlariga o`zlarining nashrlaridan taqdim qildilar. Shundan keyin mehmonlar institutning restavratsiya, skanerlash va kutubxonasini ko’zdan kechirishdi. Birgalikda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, bir qator takliflar ilgari surildi. Institut faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar mehmonlarga juda katta ta’surot qoldirdi.  

 

 

 

 

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyaning yakunlovchi bosqichidan

Joriy yil buyuk shoh va adib Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan Pokiston Islom Respublikasi, Panjob universiteti, tarix departamenti professori, Bobur merosini o‘rganish markazi rahbari Rukhsora Iftikhar xonim bilan 26-sentyabr kuni seminar o‘tkazildi.

 

 

 

 Ushbu seminar mavzusi “Zahiriddin Muhammad Boburni Pokistondan izlab” deb nomlanib, unda ma’ruzachi tomonidan Boburning Afg‘oniston va Pokistondagi hayoti, uning “Boburnoma” asaridagi tavsifi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. So‘ngra, institute yosh olimlar kengashi a’zolari tomonidan ushbu ma’ruza borasida iliq fikrlar bildirilib, mavzu doirasida savollar berilib, ularga tegishli javob berildi. Ilmiy seminar so‘ngida Bobur va boburshunoslik sohalarida ilmiy hamkorlikni davom ettirish yuzasidan takliflar berildi.

Page 52 of 94

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…