"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743

Kunning ikkinchi yarmida xalqaro konferensiya o‘z ishini “Manbashunoslik va matnshunoslik”, “Sharq mamlakatlari tarixi va sivilizatsiyasi” hamda “Islomshunoslik” sho‘balari doirasida davom ettirdi. Ushbu sho‘balarda ishtirok etgan yetuk olimlar va yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdilar. Konferensiya yakunida har bir sho‘ba moderatorlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, konferensiya ishini kelgusida yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini ilgari surdilar. Yakunda esa barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, shuningdek, “Eng yaxshi ma’ruzachi” nominatsiyasi g‘oliblari aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari berildi.

 

 

 

2026-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan Islom tarixi, san’ati va madaniyati bo‘yicha tadqiqotlar markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XXI xalqaro ilmiy konferensiyasi” muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida bo‘lib o‘tdi va konferensiyaning ya;pi yig'ilishi soat 10:00 da o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etib, sharqshunoslik, islom tarixi, san’ati va madaniyati masalalari yuzasidan dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etdilar hamda samarali ilmiy munozaralar olib borildi. Konferensiya ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

2011-йилда тугилган қизлар аллақачон тамом бўлган ??

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg

2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» seminari doirasida navbatdagi ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Londonda faoliyat yurituvchi mustaqil yozuvchi va muharrir Dr. Tomas Uelsford «Meaning and understanding in the history of Jadidism» mavzusida ma’ruza qildi. Seminarni tarix fanlari doktori Qahramon Yakubov olib bordi.

Ma’ruza davomida jadidchilik tarixini o‘rganishda g‘oyalar mazmuni va ularning talqin etilishi, tarixiy matnlarni tushunish usullari hamda zamonaviy tarixshunoslik yondashuvlari haqida atroflicha fikr yuritildi. Tadbirda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va doktorantlar ishtirok etdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar va ilmiy munozaralar bo‘lib o‘tdi, mavzu yuzasidan fikr almashildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Page 1 of 117

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…