"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI
“Фарғона водийсида пахтачилик тарихига оид архив ҳужжатларининг манбашунослик таҳлили” мавзусида
Мирзаев Авазбекнинг “Фарғона водийсида пахтачилик тарихига оид архив ҳужжатларининг манбашунослик таҳлили” 07.00.08 – Тарихшунослик, манбашунослик ва тарихий тадқиқот усуллари ихтисослиги бўйича тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация иши ҳимояси Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01 рақамли Илмий кенгашнинг 2023 йил 31 январь куни 14:30 даги мажлисида бўлиб ўтади.
Манзил: 100170, Тошкент шаҳри, Мирзо Улуғбек кўчаси, 79-уй. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти. 2 қават, мажлислар зали.
Тел.: +998(71) 262 54 61
1S_11_2_09_01_2023_Мирзаев_автореферат_2022_31_12_
BuxDU profesori, Oliy majlis Qonunchililik palatasi deputati, taniqli tilshunos olim professor T.R.Choriyev hamda BuxDU bitiruvchisi, yetuk sharqshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DSc) K.Rahimovlar universitetimiz talabalari uchun 60 dan ortiq ilmiy, badiiy va adabiy kitoblarni taqdim etishdi. Kitoblar taqdimotida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.G‘.Jumayev, filologiya fakulteti dekani D.Z.Rajabov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri H. P.Eshonqulov, O‘zbek tili adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d (DSc) N.J.Bekova, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Taqdimotda so‘zga chiqqanlar BuxDU ARMiga topshirilgan kitoblarning talaba yoshlar, tadqiqotchilar uchun noyob manba ekanligini alohida ta’kidlashdi.
Ayniqsa, filolog, matnshunos va manbashunos, tarix, falsafa va siyosatshunos bo‘lish uchun intilayotgan talabalarimizning ilm ziyosini yanada kengayishi uchun noyob manbalar ekanligi ta’kidlandi. Mehmonlarga ARMda yaratilgan shart sharoitlar iliq taassurot qoldirdi. Fondda mavjud bo‘lgan qo‘lyozmalarlarni o‘qib o‘rganish barobarida, ularning kelajakdagi nashri, joriy yozuvga o‘tkazish hamda ilmiy-tadqiqot jaryonlariga olib kirish maslalari ko‘rib chiqildi.