SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

????Boku shahrida O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati delegatsiyasi Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti direktori Teymur Gashim o‘g‘li Karimli bilan uchrashdi.

✅ Uchrashuvda Ozarbayjon kolleksiyalaridagi o‘zbek to‘plami haqidagi kitobni chop etishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

?O‘zbek qo‘lyozmalariga bag‘ishlangan bo‘limga olimlar, shoirlar, madaniyat arboblarining arab, fors va o‘zbek tillaridagi 90 dan ortiq qo‘lyozmalari kiritiladi. Bular Alisher Navoiy, Bobur, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Ulug‘bek va Jomiy asarlaridir. To‘plamdagi nodir durdonalardan biri Abu Ali ibn Sinoning “Al Qonun fi at-tibb” (II tom. 537/1143 yil) qo‘lyozmasi hisoblanadi.

O`monlik olimlar tashrifi

14 dekabr 2022 yil, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sharqshunoslik institutiga O’mon Sultonligi Nizva universitetining  arab-tili mutaxassisi Dr. Said Al-Zubaydiy va mazkur universitetning arab tili bo’limi mudiri Dr. Masud Said Al-Hadidiy va O’zbekiton Davlat Jahon tillari Universitetining Tarjimonlik fakulteti, Arab-tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Dr. Xelal Kadhom tashrif buyurdilar.

 Mehmonlarni institutning ilmiy kotibi N.Jabborov, fond mudiri Sh.Islomov va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i U.Raxmanovlar kutib olishdi. Mehmonlarga dastlab institutning yangi binosi ko’rsatildi.

 Institut faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar haqida N.Jabborov mehmonlarni tanishtirib o’tdi. Shundan keyin mehmonlar restavratsiya va skanerlash bo’limi faoliyati, unda amalga oshiralayotgan ishlar haqida yaqindan tanishdilar. Institut faoliyati mehmonlarga juda katta ta’surot qoldirdi.

12-dekabr 2022 yil O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Markaziy Osiyo xalqaro institutiga “XIX asr o’zbek va qozoq mutafakkirlari dunyoqarashida umumiy tarixiy-madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish”  mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan bir qator qozog’istonlik olimlar jumladan, Matijanov  Kenjexan Slyamjanovich- M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori, filologiya fanlari doktori , Batirxan Bolatbek Shadenuli – R.B.Sulaymonov nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy kotibi, PhD, Kidir Torali Edilbayuli M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori o’rinbosari, filologiya fanlari doktori, Aubakir Jandos Magazbekovich – L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiya milliy universiteti, “Abay akademiyasi” ilmiy tadqiqot instituti direktori, filologiya fanlari doktori  tashrif buyurdilar. Mehmonlarni direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari S.Karimova, fond mudiri Sh.Islomov va institut xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i  U.Raxmanov kutib oldilar.

Mehmonlarga direktor o’rinbosari S. Karimova tomonidan institut tarixi va faoliyat yo’nalishlari, hozirgi kunda olib boriladigan turli xil tadqiqotlar haqida ma’lumot berib o’tildi. Uchrashuvda “Markaziy Osiyo tarixi” bo’limi boshlig’i A.Xo’jayev, “Tarixiy manbashunoslik” bo’limi boshlig’i H.Lutfullaev, “Sharq mumtoz adabiyoti” bo’limi boshlig’i  S.Eshonovalar ham ishtirok etishdi. Uchrashuvda mehmonlar institut haqidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Xususan, elektron nusxa olishning tartib-qoidalari, onlayn katologlarning hozirgi ishlash prinsiplari, bo’limlar tomonidan amalga oshirilayotgan nashrlar, restavratsiya va skanerlash bo’limining faoliyatlari ularni juda qiziqtirdi. Qozog’iston vakillari bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va birgalikda nashrlar qilish yo’llari haqida muzokalar olib borildi. Institutning hozirgi faoliyati mehmonlarda juda katta qiziqish uyg’otdi va kelajakda institut  bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish yo’llarini o’ylab ko’rish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.      

Birozdan so’ng mehmonlar restavratsiya va skanerlash bo’limi faoliyati bilan tanishish uchun restavratsiya bo’limiga tashrif buyurdilar. Bo’limdagi olib borilayotgan kitoblarni ta’mirlash va mulyaj ishlari mehmonlarga juda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir 1 soat davom etdi. Shundan keyin mehmonlar iliq kutib olingan qabul uchun institut xodimlari jamoasiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.  

 

 

“Al-Azhar” universiteti kutubxonasi va arxiv fondidagi O‘zbekistonga oida qo‘lyozma asarlari o‘rganilmoqda
 

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik davom etmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi M.Qilichevning bevosita sa’y-harakatlari bilan “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi fondida saqlanayotgan jami 49 361 ta qo‘lyozma haqidagi ma’lumotni o‘zida mujassam qilgan 28 kitobdan iborat yangilangan fixrist va aynan shu noyob ma’lumotlarni o‘z ichida jamlagan 50 GB hajmdagi elektron fayl 8 ta CD-diskda ham keltirildi.

 

 

Ma’lumot uchun: “Al-Azhar” universiteti Fotimiylar davlati davrida (909—1171) tashkil etilgan bo‘lib, tarixi ming yilliklarga borib taqaladi va Islom olamida “Ilm markazi” degan nom olgan. Universitetda arab tili, mantiq, aqida, fiqh, tasavvufdan chuqur bilim beriladi va asrlar davomida arab tili va grammatikasini o‘rganishda buyuk bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariyning “Al-Mufassal” asaridan foydalanib kelinmoqda. “Al-Azhar”ning kutubxona fondida ko‘plab atoqli olimlar asarlari qo‘lyozmalarining nusxasi mavjud. Xususan, o‘rta asrlar allomalaridan Imoddidin Ismoil ibn Ahmad Ibn Said Ibn Asir, Ibrohim al-As’hariy, Abu Is’hoq at-Tunisiy, Abul Hasan Nuriddin Ali ibn Muhammad ibn Iso al-Ashmuniy, “al-Amir al-Kabir” nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulqodir ibn Abdulaziz al-Simbaviy al-Azhariylar ko‘plab asarlarining qo‘lyozma nusxalari saqlanmoqda. Kutubxona fondi juda boy bo‘lib, birgina Jaloliddin Abu alFazl Abdurahmon Abu Bakr ibn Muhammad al-Hudayriy as-Suyutiy asarlarining 1325 ta nusxasi bor.

 

 

E’tiborli tomoni, ushbu kutubxonada yurtimiz allomalarining ko‘plab asarlari qo‘lyozmalarining nusxalari mavjud bo‘lib, xususan, Abu Ali Ibn Sinoning "Al qonun fi at-tib" asari "37 653" raqami ostida saqlanishi aniqlandi. Shuningdek, fondda Sharofiddin Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Al Chag‘miniyga tegishli "Qonuncha" asarining uchta nusxasi, al-Xorazmiy, al-Beruniyning ikkita asari,

at-Termiziyning 153 ta asari, at-Taftazoniyning 479 ta asari nusxalari bor.

 

 

Kutubxona fondida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar haqida to‘liq ma’lumot beruvchi 28 ta kitobda buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy asarlarining 415 ta nusxasi ro‘yxati keltirilgan. Jumladan, uning mashhur hadislar to‘plami “Al-Jome’ as-Sahih” (Sahihi Buxoriy) bilan birgalikda “Al-Adab al-Mufrad”, “Az-Zu’afa as-Sag‘ir”, “At-Tarix al-Kabir”, “Xayr al-Kalom fi al-Qiroat xalf al-Imom” va “Xalq af’al al-Ibod” kabi asarlarning qo‘lyozma nusxalari ham mavjud.

Madaniy meros agentligining O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni ilmiy-tadqiq etish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan R.Bahodirov, D.Rasulov va I.Qayumovalarning dastlabki ilmiy izlanishlar asnosida yuqorida zikr etilgan ma’lumotlar aniqlandi. Shu bois bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirish natijasida yurtimiz tarixiga oid yangi topilmalar kashf qilinishi kutilmoqda.

 

Page 42 of 73

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…