"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Tuesday, 28 April 2026 05:55

SHARQSHUNOS VA MANBASHUNOS OLIMLAR DUSHANBEDAGI XALQARO SIMPOZIUMDA: ADABIY VA ILMIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Rate this item
(0 votes)

Joriy yilning 23–25-aprel kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida zamonaviy tojik adabiyotining asoschisi Sadriddin Ayniyning “Tojik adabiyoti namunasi” asari nashr etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy simpozium bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Rayosati hamda Ahmad Donish nomidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu yirik anjumanda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkiya, Hindiston, Pokiston va Rossiya kabi davlatlardan yetuk tarixchi, manbashunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etdilar. Simpoziumning ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Dilrabo Mansuri hamda Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Qobiljon Xushvaxtzoda so‘zga chiqib, Sadriddin Ayniyning mazkur asari Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasida noyob tarixiy-madaniy hodisa ekanligini, u milliy o‘zlikni anglash va mintaqaviy madaniy aloqalarni mustahkamlashda hamon muhim manba bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Ushbu nufuzli xalqaro muloqot maydonida O`zR FA Sharqshunoslik instituti, O`zR FA San`atshunoslik instituti, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi ham o‘zlarining dolzarb mavzulardagi ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdi. Universitetimiz sharafini quyidagi olimlar munosib himoya qildilar:

? Tarix fanlari doktori (DsC), professor Komiljon Rahimov;

? Tarix fanlari doktori, professor Halim To‘rayev;

? Tarix fanlari doktori, dotsent Farrux Temirov;

? Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Azam Boltayev;

? Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), doktorant Shohruxbek Olimov;

? San`atshunoslik fanlari doktori (DsC) Marfua Hamidova;

? San`atshunoslik fanlari nomzodi Bahor Xurramzod;  

? San`atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kichik ilmiy xodim Baxtishod G`aybullayev.  

Olimlarimiz tojik, rus va ingliz tillarida o‘zbek-tojik ilmiy-adabiy aloqalari, tarixiy manbashunoslik hamda hududning umumiy madaniy merosiga oid ilmiy xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ilmiy safar doirasida O'zbekiston olimlari Tojikiston davlat Arxeologiya muzeyida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan noyob arxeologik yodgorliklar va osori-atiqalar bilan yaqindan tanishdilar. Safar yakunida Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi tarkibidagi institutlar hamda nufuzli muzeylar bilan O`zR FA San`atshunoslik instituti,  O`zR FA Tarix instituti, Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tarix, arxeologiya va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Simpozium yakunida faol ishtirok etgan va ilmiy ma’ruzalari bilan soha rivojiga hissa qo‘shgan O'zbekiston olimlari maxsus xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Shunigdek,  simpozium doirasida O`zR FA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DsC), professor Komiljon Rahimovning Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi va O`zR FA Sharqshunoslik instituti hamkorligida tojik tilida nashrga tayyorlangan “Sarchashmai tasavvufi Movarounnahr” monografiyasining taqdimoti bo`lib o`tdi. 

Ushbu tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ilmiy va madaniy ko‘priklarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 3 times Last modified on Tuesday, 28 April 2026 05:58
More in this category: « Гиёҳванд моддалар

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…