"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 13 December 2025 07:02

“Professor” ilmiy unvoni berildi

Rate this item
(0 votes)

Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi Komiljon Rahimov Rahmatovichga “Professor” ilmiy unvoni berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Sharqshunoslik instituti Kengashi tavsiyasiga ko‘ra, tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yo‘nalishi bo‘yicha Komiljon Rahimov Rahmatovichga rasmiy ravishda “Professor” ilmiy unvoni berildi.

2025-yil 28-noyabr sanasida tasdiqlangan ushbu qaror olimning ko‘p yillik ilmiy-mehnati, tadqiqotlaridagi fidoyiligi, ilm-fan rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi va yetishtirib kelayotgan ilmiy maktabining e’tirofi sifatida qadrlanadi.

Sharqshunoslik instituti jamoasi Komiljon Rahimov Rahmatovichni ushbu yuksak va nufuzli unvon bilan chin dildan muborakbod etadi.

Read 16 times
More in this category: « Tarixiy manbashunoslik

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…