"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar (576)
ОМОНУЛЛО БЎРИЕВНИНГ ИЛМИЙ ФАОЛИЯТИ ҲАҚИДА
Бўриев Омонулло - 1944 йили Тожикистоннинг Ҳисор водийсидаги Қорасув қишлоғида туғилган. Тошкент давлат университети (ҳозирги Ўзбекистон Миллий университети)нинг География факультетида ўқиган (1961–1970; 1963–1967 йй. ҳарбий денгиз флотида хизмат қилган). Тошкент давлат университетининг “Шарқ тиллари” факультетида араб ва форс тиллари бўйича таълим олган.
Меҳнат фаолиятини Ўзбекистон Совет Энциклопедияси Бош редакциясида бошлаган ва 1970-1979 йиллар давомида мазкур муассасада кичик муҳаррир, картограф, илмий муҳаррир ва катта илмий муҳаррир лавозимларида ишлаган. 1979 йилдан ҳозиргача ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институтида илмий фаолият олиб боради.
1988 йили ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти ҳузуридаги илмий кенгашда “Географические сведения в трудах Хафиз-и Абру (Источниковедческое и истороико-географическое исследование)” мавзусида 07.00.09. Историография и источниковедение (Тарихнавислик ва манбашунослик) ихтисослиги бўйича фан номзодлиги диссертациясини ҳимоя қилди.
Шу йиллар давомида кичик илмий ходим (1979-1990), илмий ходим (1990-1992), катта илмий ходим (1992-2003), бўлим мудири (1995-2003), етакчи илмий ходим (2003-ҳозирги вақтгача), грант раҳбари (2012-2013) лавозимларида ишлаган. Айни пайтда Қўлёзмаларни каталоглаштириш ва электрон каталогларни техник назорати бўлими бошлиғи вазифасида меҳнат фаолиятини давом эттирмоқда. 1995 йили Олий Аттестация комиссияси томонидан Омонулло Бўриевга катта илмий ходим илмий унвони берилди. Омонулло Бўриев 2019 йили “Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё тарихий географияси ” мавзусида докторлик диссертациясини ҳимоя қилди, 2024-йили Ўзбекистон Республикаси Олий аттестация комиссияси Шарқшунослик институти кенгашининг тавсиясига кўра “Тарихшунослик, манбашунослик ва тарихий тадқиқот усуллари ихтисослиги бўйича профессор илмий унвонига эга бўлди.
Илмий тадқиқотларининг асосий қисмини Темурийлар даври ёзма меросини ўрганиш ташкил қилади. Илмий изланишлари Шарқ қўлёзмаларини тавсифлаш, форсий манбаларни ўзбек ва рус тилларига таржима қилиш, Марказий Осиё тарихий географияси, тарихий топонимия, фан тарихи, Ўзбекистон халқлари маданияти тарихи, Ўзбекистоннинг халқаро муносабатлари тарихи каби йўналишларни ўз ичига олади. 1970 – 2024 йиллар давомида чоп қилган тадқиқотларининг умумий сони 631 тани ташкил этди; улар монография, рисола,тезис ва мақолалалар шаклида чоп этилган.
Илмий-педагогик фаолият ҳам олиб боради. Ўриндошлик асосида ЎзР Давлат Шарқшунослик Университети Марказий Осиё тарихи кафедрасида ва ЎзМУ Тарих факультети Манбашунослик кафедрасида география ва манбашунослик соҳаларида дарс берган; 2001-2004 йилларда ЎзМУ Тарих факультети Манбашунослик ва махсус тарих фанлари кафедраси мудири лавозимида ишлаган. Манбашунослик ва тарихшунослик ихтисосликлари бўйича 3 нафар илмий даража олган олий малакали мутахассис (фан номзодлари) ва 21 нафар магистр тайёрлаган.
Омонулло Бўриев ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институтининг “Meros” ҳамда Бобур номли халқаро жамоат фондининг “Бобур ва дунё” илмий журналлари таҳрир ҳайъати аъзоси. Узоқ йиллардан буён жамоатчилик асосида Тошкент шаҳар Топонимика комиссияси аъзоси саналади ва мустақиллик йилларида шаҳар ҳудудидаги кўпгина жой номларининг тарихини илмий асослаб, уларнинг қайта тикланишида тавсиялар берган.
Омонулло Бўриев кўпйиллик самарали илмий фаолияти учун Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 28 август Фармонига биноан “Меҳнат шуҳрати” ордени билан мукофотланди.







INSTITUTDA "XON ATLAS HAFTALIGI"
Xotin-qizlarimizda milliy ruh va qadriyatlarimizni e'zozlashga qaratilgan "Xon atlas haftaligi"ni o‘tkazish o‘ziga xos an'anaga aylanib bormoqda.
2024-yilning sentyabr oyida yurtimizda "Xon atlas haftaligi" uyushtirildi.
O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimalari ham milliylik va ilmiylikni birlashtirgan holda mazkur tashabbusni qo`llab-quvvatlab, unda faol ishtirok etdilar.

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1051 yilligi.
Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qaroriga sharh
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIDA 2024-2025 O‘QUV YILI I CHORAK OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM UCHUN QABUL BOSHLANMOQDA!
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023-yil I chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish mumkin.
Qabul quyidagi ixtisosliklar doirasi amalga oshiriladi: 07.00.03 – Jahon tarixi; 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
✅Hujjatlar joriy yilning 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
✅Kvotalar soni: 07.00.03 – Jahon tarixi ixtisosligi uchun 1 ta stajor-tadqiqotchilik, 2 ta tayanch doktorantura, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi uchun 1 ta stajor-tadqiqotchilik, 2 ta tayanch doktorantura hamda 1 ta doktorantura uchun o‘rinlar ajratilgan.
❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
❗️tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
❗️doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
❗️stajor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
- Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
- Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
- Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa)
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga Oʼqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar
- Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
- Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi.
- Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
- Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa)
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Ariza topshirishga ko‘maklashuvchi videoqo‘llanma havolasi: https://daraja.ilmiy.uz/videos/video-applicant.mp4
More...
DAVLAT MUKOFOTINI TANTANALI TOPSHIRISH MAROSIMI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-avgustdagi farmoni (“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”) ga muvofiq mamlakatimiz iqtisodiyoti, ilm-fani va madaniyatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga munosib topilganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Rahimov Komiljon Rahmatovich ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi. Ushbu davlat mukofotini tantanali topshirish marosimi 6 sentabr kuni institutda direktor boshchiligidagi xodimlar jamoasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Abduvahob Abduqodirov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni mazkur farmonning Komiljon Rahimovni mukofotlash to‘g‘risidagi matnini o`qish bilan ochib bergan Institut direktori, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov institut xodimining bunday faxriy davlat mukofotiga munosib deb topilgani O‘zbekiston rahbari va hukumatimiz tomonidan respublikada ilm-fanni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibordan, shuningdek, muassasamiz xodimlari erishayotgan ilmiy yutuqlarinining davlat miqyosida e’tirof etilishidan dalolat berishini alohida ta’kidladi.



Shundan so‘ng yig‘ilganlarning uzoq davom etgan olqishlari ostida Komiljon Rahimovga “Shuhrat” medali tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlash marosimidan so‘ng direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Surayyo Ubaydullaevna Karimova so‘zga chiqib, davlat mukofoti sovrindorining samarali ilmiy faoliyati va xizmatlarini qayd etdi. Tadbir so‘ngida Komiljon Rahimov so‘z oldi. U Institut jamoasi va ma’muriyatiga iliq so‘zlar va samimiy tabriklar uchun minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni barcha xodimlarga tegishli deb bilishini va bundan buyon ham O‘zbekistonda sharqshunoslik rivojiga munosib hissa qo‘shish uchun bor kuch-g‘ayratini ayamasligini ta’kidladi.
Mustaqillik mening nigohimda
Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanasidan intervyu.
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti-Bahrom Abduhalimov. Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanasidan intervyu.


