"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Yangiliklar (412)
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIGA YUNESKONING YANA BIR SERTIFIKATI TOPSHIRILDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIGA YUNESKONING YANA BIR SERTIFIKATI TOPSHIRILDI
Shu yilning iyun oyida OʻzR FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari YUNESKOning jahon xotirasi reestriga kiritilgani haqida Institutga mazkur xalqaro tashkilotning rasmiy xati kelib tushgan edi.
Bugun (19,09.2023) Toshkentda YUNESKO xalqaro ekspertlari ishtirokida “2023 UNESCO Memory of the World International Training Workshop”(2023 YUNESKOning Jahon xotirasi xalqaro treyning seminari) oʻz ishini boshladi.
Anjumanning ochilish majlisida YUNESKOning Mavlono Rumiy asarlarining Jahon xotirasi reestriga kiritilgani haqidagi xalqaro sertiifikatning OʻzR FA Sharqshunoslik institutiga tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Sertifikatni Institut direktori Bahrom Abduhalimov qabul qilib oldi.
22-sentyabr kuni YUNESKO xalqaro ekspertlari guruhining Sharqshunoslik institutiga tashrifi rejalashtirilgan.
Samarali Ikki oylik ilmiy stajirovka
Joriy yilning iyul-avgust oylarida Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi, t.f.d. O’.A.Sultonov Avstriya Fanlar Аkademiyasining Eronshunoslik institutida amalga oshirilayotgan “Nomads' Manuscripts Landscape. Investigating Literary Evidence for Transculturation in Medieval Iran and Central Asia (13th – 15th centuries)” loyihasida ishtirok etish uchun Vena shahrida bo’lib qaytdi.
Avstriya Fanlar Akademiyasi 1847-yilda Imperatorlik Fanlar Akademiyasi (Kaiserliche Akademie der Wissenschaften) sifatida tashkil etilgan va uning birinchi prezidenti etib taniqli sharqshunos Jozef von Hammer-Purgshtall (1774-1856) saylangan. 1920-yildan muassasa Avstriya Fanlar Akademiyasi shaklida qayta tashkil etilgan. Bugungi kunda ÖAW (Österreische Akademie der Wissenschaften) qisqartmasi bilan tanilgan ushbu maskan nafaqat Avstriya, balki dunyodagi eng yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan, ko’plab Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan dargoh sanaladi. ÖAW turli fan sohalari bo’yicha yirik hamda yosh olimlarga mo’ljallangan maqsadli ilmiy loyihalarni ham moliyalashtirib boradi. Bugungi kunda ÖAW tarkibida arxeologiyadan tortib to molekulyar biologiya va kvant fizikasiga sohalarida izlanish olib boruvchi 26 ta institut faoliyat yuritmoqda. Xususan, ijtimoiy fanlar yo’nalishida Arxeologiya instituti, Eronshunoslik instituti, Sharq madaniy va ma’naviy tarixi instituti, Ijtimoiy antropologiya instituti, O’rta asrlar tadqiqi instituti, Habsburglar saltanati va Bolqon tarixini o’rganish instituti, Madaniyat va teatr tarixi institutlari ish olib boradi (https://www.oeaw.ac.at).
Eronshunoslik instituti 2003-yilda taniqli eronshunos Prof. Bert Fragner (1941-2021) tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muassasa Eronshunoslik instituti deb nomlansa-da, u yerda qadimiy va zamonaviy eroniy tillar og’zaki yoki yozma tarzda muomalada bo’lgan mintaqalar tarixi hamda madaniyati, ularning qo’shni xalqlar bilan aloqalari kabi keng ko’lamli mavzularda tadqiqotlar olib boriladi. So’ngi yillarda institutda Florian Schwarts, Kristina No’lle-Karimiy, Paolo Sartori, Ulfatbek Abdurasulov, Bruno de Nicola, Shtefan Kamola va boshqa bir qator taniqli olimlar tarafidan O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston tarixiga oid yirik ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, har yili turli muammolarga bag’ishlangan yuqori saviyadagi xalqaro ilmiy seminarlar va yosh olimlar uchun Yozgi o’qishlar tashkil etib kelinmoqda (https://www.oeaw.ac.at/ifi/institut/ueber-das-institut). Institut O’zbekistondagi ilmiy muassasalar bilan ham yaqindan hamkorlik qilib keladi. Jumladan, 2012-2018 yillarda Baxtiyor Babadjanov, Nuryog’di Toshov, Nigora Allayeva, O’ktambek Sultonov, Nasriddin Mirzayev kabi bir qator o’zbekistonlik olimlar mazkur dargohda o’z izlanishlarini olib borganlar.
Professor Bruno De Nicola rahbarlik qilayotgan ushbu loyiha 2020-2025 yillarga mo’ljallangan bo’lib Avstriya Fanlar Аkademiyasi tarafidan moliyalashtirilgan. Loyihada Eron va O’rta Osiyoning mo’g’ullargacha va mo’g’ullar istilosidan keyingi davrdagi qo’lyozma kitob madaniyati an’analari va taraqqiyotini o’rganish maqsad qilib olingan. Shuningdek, unda xorijlik mutaxassislarning muddatli ishtirok etishi, ularning mazkur sohada o’zaro tajriba almashishi ham ko’zda tutilgan. Loyihaning o’zbekistonlik ishtirokchisi bo’lgan O’.A.Sultonov tomonidan mamlakatimiz hududida saqlanayotgan XV asrgacha boʼlgan arab va fors tillardagi qadimiy qoʼlyozmalarni saralash, tavsiflash hamda mualliflarning biografiyasini tayorlash ishlari olib borildi.
Izlanishlarning birinchi bosqichida O’zbekiston musulmonlar idorasi, Alisher Navoy nomidagi Adabiyot muzeyi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O’zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O’zbekiston milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi fondlari, B.Aminov hamda Sh.Ziyodov tasarrufidagi XII-XV asrlarda ko’chirilgan Qur’oni Karim, shuningdek fiqh, tafsir, kalom, hadis kabi turli mavzulardagi jami 23 ta asar saralab olindi. Ularning eng qadimgisi hijriy 585-yil 1-safarda (1188-y., 4-aprel) ko’chirilgan Mahmud b. Ishoq qalamiga mansub “Hoshiyat ‘ala nahv” nomli asardir. Bu qo’lyozma bugungi kunda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasida saqlanmoqda. Bundan tashqari, yurtimizdagi shaxsiy kolleksiyalarda ham qadimiy qo’lyozmalar mavjudligi ma’lum bo’ldi. Masalan, B.Aminov shaxsiy kolleksiyasidagi Masʿud al-Bag’aviyning (vaf. 516/1122) “Masobih as-Sunna” nomli asari hijriy 746-yil ramazon oyida (1345-y., dekabr – 1346-y., yanvar) ko’chirilgan. Sh.Ziyodov kolleksiyasidan o’rin olgan Abu Amr Usmon al-Muqriy ad-Doniy (vaf. 444/1053) qalamiga mansub “At-Taysir fi al-qira’at as-Saba‘” nomli asar esa hijriy 761-yilning 28-jumod ul-avval kuni (1360-y., 15-april) ko’chirib tugatilgan.
O’rganilgan qo’lyozmalarning ikkitasi o’sha davrning mashhur madrasalarida ko’chilgani e’tiborni tortadi. Xususan, yuqorida tilga olingan Masʿud al-Bag’aviyning “Masobih as-Sunna” kitobi Xorazmshohlar davlatining sobiq poytaxti Gurganchdagi Turabik Xonim madrasasida 1345-1346 yillarda ko’chirilgan. Bu madrasa Oltin O’rdaning Xorazmdagi noibi Qutlug’ Temur (h.y. 1320-1330) hokimligi davrida qurilgan. Imom al-Jazaryning (751-833/1350-1429) “al-Husn al-hasin” nomli asari esa muallif hayotligi davrida, aniqrog’i 821/1418 yilda, Hirot shahri tashqarisidagi Ruhobod mahallasida joylashgan Jaloliya madrasasida ko’chirilgan ekan.
Izlanishlarning ikkinchi bosqichida saralab olingan 23 ta asar bilan bog’liq bo’lgan muallif, asar va qo’lyozmaning kodikologik xususyiatlari haqidagi batafsil qaydlar o’rin olgan ma’lumotnomalar yozilib loyihaning asosiy natijasi bo’lgan APIS (Austrian Prosopographical | Biographical Information System) onlayn ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. APIS ma’lumotlar bazasiga bugungu kunda Eron, O’zbekiston va boshqa mamlakatlar qo’lyozmalar fondlarida saqlanayotgan yuzlab asarlar alohida ID raqami bilan kiritilgan. Asarlar haqidagi ma’lumotnomada tavsiflanayotgan qo’lyozmaning kodikologik xususiyatlaridan tashqari uning mazmuni, tadqiq etilishi, zamonaviy nashrlari haqidagi qaydlar ham kititilgan. Shuningdek, APIS ma’lumotlar bazasiga hozirgacha 500 ga yaqin tarixiy shaxs haqida ma’lumot kiritilgan. Bu shaxslar asosan qaydga olingan asarlarning mualliflari, ularning ustoz va shogirdlari, qo’yozmalarning kotiblari va egalaridan iborat. E’tiborli tomoni APIS bazasidan foydalanish samaradorligi va qulayligini ta’minlash uchun ma’lumotlar o’zaro bir biriga bog’langan. Hozirda loyihada rejalaishtirilgan izlanishlar jadal davom etmoqda. Mutaxassislarning fikricha, loyiha natijalari Eron va O’rta Osiyada musulmon qo’lyozma kitoblar madaniyati tarixi va taraqqiayoti tadqiqida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Uning amaliy natijasi sifatida yaratilayotgan APIS onlayn bazasi esa noyob qo’lyozmalar haqidagi ma’lumotlarni saqlash bilan birga, sohadagi imiy izlanishlarni mukammallashtirishda ham alohida ahamiyat kasb etadi.
* Fursatdan foydalanib, tadqiqotchi ushbu safarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, professor B.Abduhalimov, Avstriya Fanlar Akademiyasi Eronshunoslik Instituti direktori, professor F.Shvarts hamda projekt rahbari, professor Bruno De Nicolaga o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Фанлар академиясининг 80 йиллиги юбилейи ўтказилади
Фанлар академиясининг юбилей тадбирлари 2023 йил 12–14 декабр кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилади.
“Ўзбекистон Фанлар академияси ташкил топганлигининг 80 йиллигига бағишланган юбилей тадбирларини ўтказишнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида”ги президент қарори қабул қилинди.
Қарорга кўра, Фанлар академиясининг юбилей тадбирлари 2023 йил 12–14 декабр кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилади.
Шунга кўра, қуйидагилар ташкил этилади:
- “Илм-фан – Янги Ўзбекистон пойдевори” мавзусида халқаро конференция;
- Инновацион ишланмалар кўргазмаси;
- Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзолигига (академикликка) танлов;
- “Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг тарихи” экспозицияси.
Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati,
??Joriy yilning 25–28-sentabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda Toshkent shahrida xalqaro anjuman oʻtkaziladi.
?Konferensiya yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar uchun +998712075700 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Абу Райҳон Беруний ҳаёти ва ижодига бағишланган кўргазма
Абу Райҳон Беруний ҳаёти ва ижодига бағишланган кўргазма очилиши муносабати билан ЮНЕСКО Бош қароргоҳида атоқли бастакор Дмитрий Янов-Яновский асарининг жаҳон премьераси ҳам бўлиб ўтди. Бастакор “Зиж - Буржлар таронаси” асарини Шарқнинг тўрт буюк мутафаккири: Ал-Хоразмий, Ибн Сино, Абу Райҳон Беруний ва Мирзо Улуғбек сиймосига ҳурмат тариқасида яратган.
⠀
Алибек Кабдураҳмонов бошчилигидаги Ўзбекистон Миллий симфоник оркестри ижроси санъат ихлосмандларини Ўзбекистон маданий-тарихий меросининг янги қирралари билан таништирди.
Қўшма конференция ва маданий кўргазма ташкил этилди
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарорига шарҳ
Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro darajada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, sun’iy idrok sohasida odob-axloq, inklyuzivlik va madaniy xilma-xillikni rag‘batlantirish, O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ–361-son qaroriga muvofiq:
1. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma), YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasining:
YUNESKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etish;
Parij shahridagi (Fransiya) YUNESKO bosh qarorgohida 2023 yil 4–8 sentyabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarни (keyingi o‘rinlarda – Ko‘rgazma) yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
2. Quyidagilar:
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
YUNESKO bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jamg‘arma:
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Ko‘rgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar nusxalaridan iborat Ko‘rgazmaga bag‘ishlangan maxsus katalogning ingliz va o‘zbek tillarida chop etilishini ta’minlasin;
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining konsert дастурини yuqori saviyada tashkil etsin.
4. Tashqi ishlar vazirligi Jamg‘arma buyurtmanomasiga binoan, Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun taklif etilgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, xalqaro konsultantlar va tadbir mehmonlarining chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, Ko‘rgazmani yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarga ko‘maklashsin.
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etish hamda Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini belgilasin, shuningdek, uning xarajatlar smetasini tasdiqlasin.
Belgilansinki, Jamg‘arma ushbu qaror ijrosi doirasida xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq mablag‘lar ajratilguniga qadar o‘z mablag‘lari hisobidan shartnomalar tuzadi va to‘lovlarni amalga oshiradi, shuningdek, mablag‘lar ajratilgandan so‘ng Jamg‘arma tomonidan sarflangan mablag‘lar qoplab beriladi.
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2023 yil 25 avgust
https://uza.uz/oz/posts/abu-rayhon-beruniy-nomidagi-yunesko-ozbekiston-xalqaro-mukofotini-tasis-etishni-qollab-quvvatlash-togrisida_514440
More...
O‘ZBEKISTON VA MISR MUNOSABATLARI: TARIX VA HOZIRGI ZAMON
2023-yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “O‘zbekiston va Misr munosabatlari: tarix va hozirgi zamon” mavzusidagi konferensiya o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada Misr Arab Respublikasi Milliy kutubxona va arxivlar muassasasi direktori Professor Usoma Tal’at boshchiligidagi misrlik olimlar, jumladan Zaabal Magdi Muhammad, Shihata Abu Shusha, Ahmad Sa’d Damanhuri, Ahmad Musa, Muhammad Ali Avaz va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Professor Bahrom Abduhalimov boshchiligidagi o`zbekistonlik olimlar Ne’mat Jabborov, Ibrohim Usmonov, Saidakbar Muhammadaminov, Faxriddin Ibragimov, Zafar Fahriddinovlar o‘z ma’ruzlari bilan ishtirok etishdi. Konferensiyada Misr va O‘zbekistonning qadimiy ilm-fan va madaniy sohadagi aloqalari, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir olimlarning ilmiy merosini o‘rganishning muhim ahamyatlari, Misrda mavjud bo‘lgan yurtimiz tarixiga oid qo‘lyozmalar, shuningdek, mamlakatimizda mavjud bo‘lgan Misr tarixiga oid qo‘lyozmalarni o‘rganib, ularni ilmiy muomalaga kiritishning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’ruzalar tinglandi. Anjuman yakunida misrlik olim Ahmad Muso Institut kutubxonasiga arab tilida ilk bor nashr etilgan “Mahmudxo`ja Behbudiy” nomli kitobini taqdim etdi.
Ushbu anjuman munosabati bilan Misr hayoti bilan bevosita bjg`liq bo`lgan misrlik va o`zbekistonlik buyuk mutafakkir olimlarning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo`lyozmalar fondida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlaridan iborat madaniy ko‘rgazma tashkil etildi. Misrlik olim Jaloliddin as-Suyutiy (1445-1505)ning № 1226-ashyoviy raqam bilan saqlanayotgan ziynatli “Tafsiri Jalolayn” (“Qur’on tafsiri”). qo‘lyozmasi ko`rgazmada namoyish etilgan qo`lyozmalar gultoji hisoblanadi (ko`rgazmada namoyish etilgan qo`lyozmalar ro`yxati ilova etiladi).
Mazkur ko‘rgazma va anjuman kelgusida ikala tomon o`rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada rivojlanishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
2023-yil 22-avgust kuni ko`rgazmada namoyish etilgan qo`lyozmalar ro`yxati
- “Ashboh van-nazoir” Muallifi Ibn Nujaym al-Misriy (1519-1562).
Fiqhga oid asar. №12081/2.
- “Al-Munabbihot”. Muallifi Ibn Hajar al-Asqaloniy (1372-1448).
Hadisga oid asar. № 11298/3.
- “Al-mavohib al-laduniya”. Muallifi: Abul Abbos Shihobuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr Qastaloniy (1448-1517). Islom tarixi va siyratga oid asar. №1491.
- “Al-Mezon ash-sha’roniya”. Muallifi: Shayx Abdulvahhob ash-Sha’roniy (1493-1565). Tasavvufga oid asar. №2651. 1670 yili ko‘chirilgan.
- “Kitob al-Ansob” (Geneologiya). Muallifi: Shixab ad-Din Abu-l-Abbas Axmad ibn Ali al-Kalkashandi (1355-1418). Nasablar va taniqli shaxslar bibliografiyasi va geneologiyasiga oid asar. № 566/3.
- “Fath al-Boriy sharhi Sahih al-Buxoriy”. Ibn Hajar al-Asqaloniy (1372-1448). “Sahihi Buxoriy”ning dunyo bo‘yicha eng mashhur sharhi. 2-jildi. № 6222.
- “Al-Itqon fi ulum al-Qur’on”. Muallifi: Jaloliddin as-Suyutiy (1445-1505). Qur’on ilmlari nazariyasiga oid asar. № 6782/1.
- “Risola fi ma’rifat ad-dunyo” (Dunyoni anglash risolasi). Muallifi: Jaloliddin as-Suyutiy (1445-1505). Islom falsafasiga doir asar. № 8329/21.
- “Tafsiri Jalolayn”. Muallifi: Jaloliddin as-Suyutiy (1445-1505). Qur’on tafsir. № 1226. Ziynatli qo‘lyozma.
- “Al-Hidoya” Misrda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasi. № 3019/1.
Ибн Синонинг илмий-маданий меросини ўрганиш бўйича Эронга уюштирилган илк экспедиция натижаларга бой бўлди
“Ибн Сино” жамоат фонди Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1999 йил 6 январда қабул қилинган фармони асосида ташкил этилган бўлиб, сўнгги 5 йилда мамлакатимизнинг 8 та ва хорижий 15 та мукофотга сазовор бўлди.
Эрон Ислом Республикаси Президенти Сайид Иброҳимнинг 2022 йил 14-15 сентябрь кунлари Ўзбекистонга ва Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнингжорий йил 18 июнда Эронга амалгаоширган икки томонлама расмий ташрифлари давомида қатор ҳукуматлараро ва идоралараро ҳужжатлар қабул қилинди, Ўзбекистон-Эрон ўртасидаги муносабатлар ва амалий ҳамкорликни янада ривожлантириш масалалари кўриб чиқилди.

Жумладан, 2022 йилда Самарқандда Ўзбекистоннинг “Ибн Сино” жамоат фонди ва Эроннинг Абу Али ибн Сино номидаги илмий-маданий жамғармаси ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди.
Ушбу меморандумда биргаликда Абу Али ибн Сино асарлари ва меросини ўрганиш, икки мамлакат ҳудудида кенг кўламли тадбирларни ўтказиш бўйича Ўзбекистон ва Эрон халқаро илмий-маданий ҳамкорлик қилиш кўзда тутилган.
Ўз навбатида, “Ибн Сино” жамоат фонди халқаро майдонда Ўзбекистоннинг сиёсий имижини янада тарғиб қилиш, илмий тадқиқот институтлари ва эронлик олимлар ўртасида ишбилармонлик, илмий , кутубхоналардан, асл қўлёзмалардан фойдаланиш, нусха олиш, лингвистика таржималари ва илмий-тадқиқот фаолиятини ташкиллаштириш, Абу Али ибн Сино шахсияти ва мероси, унинг дафн қилинган жойи тўғрисида ҳужжатли фильм суратга олиш мақсадида Эронга биринчи илмий экспедицияни ташкил этиш ташаббуси билан чиқди.

Унга кўра, фонд томонидан Ўзбекистон Фанлар академияси, Ислом цивилизацияси маркази, Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги, Маданий мероса агентлиги, Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти олимлари ҳамда МТРК вакилларидан иборат гуруҳ шакллантирилди.
Биринчи илмий экспедиция “Ибн Сино” жамоат фонди, Ўзбекистон ташқи ишлар вазирлиги ва Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги томонидан ташкиллаштирилди.
Жорий йилнинг 14 июль куни мамлакатимизнинг расмий делегацияси Теҳронга учиб кетди. Делегация аъзоларини Теҳрондаги Имом Хомейн номидаги аэропортда мамлакатимизнинг Эрондаги элчиси Б. Абдуллаев ва Эроннинг Абу Али ибн Сино номидаги Илмий-маданий жамғарма вакиллари кутиб олишди.
Дастлаб Ўзбекистон Республикасининг Эрон Ислом Республикасидаги элчихонасида амалий учрашув ташкил этилди. Унда Абу Али ибн Синонинг бой илмий-маданий меросини ўрганиш бўйича биринчи илмий экспедицияни ташкиллаштириш ва ўтказиш масалалари муҳокама қилинди.

Шундан сўнг делегация аъзолари Эрон Миллий кутубхонасига ташриф буюрди. Бу ерда давра суҳбати бўлиб ўтди. Мамлакатимиз делегацияси ноёб ва асл қўлёзмалар сақланадиган махсус кутубхона бўлими билан яқиндан танишдилар.
Шунингдек, ташриф доирасида илмий ходимлар Исфахон университетида ҳам бўлди. У ерда университет раҳбарияти ва мутахассислари, Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакиллари, Ибн Сино меросини ўрганувчи олимлар иштирокида давра суҳбати ташкил этилди.

Исфахон университетига “Ибн Сино” жамоат фондининг Абу Али ибн Сино мукофоти ва эсдалик совғаси топширилди. Эрон Ташқи ишлар вазирлиги томонидан Исфахон шаҳрининг тарихий диққатга сазовор жойларига саёҳат уюштирилди.
Шунингдек, ташриф доирасида делегация вакиллари Абу Али ибн Сино номидаги Ҳамадон университети, Маданий мерос маркази ҳамда Абу Али ибн Сино дафн этилган мажмуада ҳам бўлдилар. У ерда буюк аллома ҳақига Қуръон тиловат қилинди.

Шундан сўнг мазкур мажмуа ҳудудида жойлашган музей, кутубхона ва Эрон жамғармаси билан танишилди.
Экспедиция доирасида Али ибн Сино номидаги илмий-маданий жамғармага ташриф ҳам ташкиллаштирилди. Унда биринчи экспедициянинг фаолияти якунлари сарҳисоб қилиниб, Ўзбекистон ва Эрон ўртасидаги илмий-маданий ҳамкорлик истиқболлари белгиланди.

Қайд этиш жоизки, Экспедиция иши доирасида МТРК журналистлари томонидан 12 соатлик фото ва видео материаллар суратга олинди. “Ўзбекистон тарихи” давлат телеканалида Эронда ташкил этилган ҳар бир тадбир бўйича “NoComment” ва “Mobilreportaj” форматларида 17 та мавзуга оид видео материал тайёрланиб, эфирга узатилди. Экспедициямиз фаолияти Эрон ОАВ да ҳам кенг ёритилди.
“Ибн Сино” жамоат фонди Ўзбекистон ва Эрон ўртасидаги илмий-маданий ҳамкорликни янада ривожлантириш мақсадида жорий йилнинг октябрь ойида Бухоро шаҳрида “Абу Али ибн Сино ва Цивилизация” мавзуида XII халқаро илмий-амалий анжуманни ўтказиш ташаббуси билан чиқди. Ўз навбатида эронлик мутахассислар ушбу йирик учрашувга катта қизиқиш билдиришди.
Н.Маҳмудов,
“Ибн Сино” жамоат фонди раиси
https://uza.uz/uz/posts/ibn-sinoning-ilmiy-madaniy-merosini-organish-boyicha-eronga-uyushtirilgan-ilk-ekspediciya-natizhalarga-boy-boldi_507180
Янгиликлар 24 | «Адолат» социал-демократик партияси брифинги
XORIJLIK MEHMONLAR TASHRIFI
Bugun bir qator xorijlik olimlar - Toshkentda madaniy meros haftaligi doirasida bo'lib o'tayotgan “O`zbekiston madaniy merosi – Yangi renesans asosi” anjumani ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar Institutning yangi binosi bilan yaqindan tanishdilar. Institut direktori tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov mehmonlarga Institutning faoliyati haqida qisqacha so`zlab berdi. Namoyish etilgan hujjatli film va Institut qoshida tashkil etilgan yangi muzey xorijliklarga katta taa’surot qoldirdi.