Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar (687)
Tabrik xati.
Sana: 2026-yil 14-sentabr.
Xat raqami: IRC/2026-131.
Yuboruvchi: Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi - IRCICA bosh direktori, professor Mahmud Erol Kılıç.
Hurmatli professor Komiljon Rahimov!
IRCICA va shaxsan o‘z nomimdan Sizni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori kabi yuksak va mas’uliyatli lavozimga tayinlanganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Mazkur lavozimga tayinlanishingiz ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissangizning yuksak e’tirofidir. Tarixiy manbalar bo‘yicha taniqli bilimdon, tasavvuf sohasidagi yetakchi mutaxassis va arab yozuvining chuqur bilimdoni sifatida Siz xalqaro ilmiy hamjamiyatda katta hurmatga sazovorsiz. Faoliyatingiz islom ma’naviy merosini saqlash va o‘rganishga, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shmoqda.
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti jahon sharqshunosligi sohasida yetakchi ilmiy muassasalardan biri sifatida tan olingan. Bu yerda fundamental tadqiqotlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli olimlar faoliyat yuritgan. Institutning bebaho qo‘lyozmalar to‘plami jahon sivilizatsiyasining noyob xazinasidir.
Boy tajribangiz, qomusiy bilimlaringiz va tashkilotchilik qobiliyatingiz ushbu nufuzli muassasaning yanada ravnaq topishiga, ilmiy salohiyatining yuksalishiga hamda yangi avlod sharqshunoslarini tarbiyalashga xizmat qilishiga ishonaman.
Sizga mustahkam sog‘liq, farovonlik, ilm-fan ravnaqi va islom dunyosi xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Samimiy duolar va eng ezgu tilaklar bilan,
Elchi, professor, doktor Mahmud Erol Kılıç
IRCICA bosh direktori
Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar
O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori lavozimiga tayinlangan professor Komiljon Rahimov nomiga xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-akademik doiralari vakillari hamda yurtimizning taniqli jamoat arboblaridan qutlovlar kelishi davom etmoqda.
?? Xususan, taniqli davlat va jamoat arbobi, taniqli diplomat Vladimir Norov professor Komiljon Rahimovni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z qutlovida Sharqshunoslik institutining ulkan ilmiy merosini o'rganish hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar va ilmiy aloqalarini yanada kengaytirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidlab, institutning yangi rahbariga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, Misr va Pokistonning yetakchi ilmiy muassasalari rahbarlari ham o‘zlarining samimiy tabriklarini yo‘llashdi:
?? Pokiston Adabiyot akademiyasi raisi, professor, doktor Najiba Arif o‘zining rasmiy maktubida K.Rahimovning sermahsul ilmiy faoliyati hamda ilm-fan taraqqiyotidagi xizmatlarini yuksak e’tirof etgan. Maktubda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda qo‘shma tadqiqotlar olib borish, tarjima loyihalari va ilmiy konferensiyalar tashkil etishga katta umid bildirilgan.
?? Misr Arab Respublikasi Qohira universitetining Ta’lim va talabalar ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti, professor Ahmad Rajab Muhammad Ali butun Qohira universiteti jamoasi nomidan samimiy tilaklarini izhor qildi. U professor K.Rahimovning Islom merosini o‘rganish sohasidagi uzoq yillik boy tajribasi va xizmatlarini alohida e'tirof etib, olimning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.
?? Islomobod shahridan yana bir qutlov taniqli pokistonlik sharqshunos olim Orif Navshohiy tomonidan yo‘llangan. Fors tilida bitilgan samimiy tabriknomada olim ushbu tayinlov katta mas’uliyat ekanligini ta’kidlab, K.Rahimovning ilmiy salohiyati va tajribasi ushbu yuksak maqomga to‘la munosib ekanligini qayd etgan.
Ushbu qutlovlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining jahon miqyosidagi yuksak nufuzi, yurtimiz olimlarining xalqaro miqyosdagi e'tirofi hamda kelgusida xorijiy hamkorlik aloqalari yanada kengayishidan dalolat beradi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga cdirektor tanishtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida rahbariyat almashinuvi munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich, Institut rahbariyati va jamoasi ishtirok etdi.
Tadbir avvalida shu vaqtga qadar Institut direktori lavozimida faoliyat olib borgan tarix fanlari doktori, professor Abduhalimov Bahrom Abdurahimovichning Sharqshunoslik instituti taraqqiyoti, sharqshunoslik ilm-fani rivoji, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh olimlarni tayyorlash borasidagi ko‘p yillik samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.
Institut jamoasi nomidan Bahrom Abduhalimovga ko‘p yillik samarali mehnati va Institut rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirildi. Hurmat va ehtirom ramzi sifatida unga milliy to‘n kiydirildi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
Shundan so‘ng Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari direktorlik lavozimlariga o‘tkazilgan tanlov natijalariga muvofiq, tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahmatovich Rahimov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori etib tayinlanganini ma’lum qildi va uni Institut jamoasiga tanishtirdi.
Yangi direktor Komiljon Rahimovga Institutning boy ilmiy an’analarini izchil davom ettirish, sharqshunoslik sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish, qo‘lyozma merosini o‘rganish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
Institut jamoasi professor Bahrom Abduhalimovga ko‘p yillik fidokorona faoliyati uchun chuqur minnatdorlik bildiradi hamda Institutning yangi direktori Komiljon Rahmatovich Rahimovga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.








“Yosh sharqshunoslar yozgi maktabi” ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
2026-yil 11-Sentabr kuni “Yosh sharqshunoslar yozgi maktabi” tadbiri doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yosh sharqshunoslar Institutning qo‘lyozmalarni saqlash, restavratsiya qilish va ilmiy o‘rganish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, restavratsiya laboratoriyasi, skanerlash xonasi, kartoteka hamda Institut xodimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy nashrlar namoyish etildi.
Mazkur tashrif yosh tadqiqotchilarga Sharq qo‘lyozmalari va tarixiy-madaniy merosni o‘rganish borasida Institut faoliyati haqida yaqindan ma’lumot olish imkonini berdi.





Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar
O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori lavozimiga tayinlangan professor Komiljon Rahimov nomiga xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-akademik doiralari vakillari hamda yurtimizning taniqli jamoat arboblaridan qutlovlar kelishi davom etmoqda.
?? Xususan, taniqli davlat va jamoat arbobi, taniqli diplomat Vladimir Norov professor Komiljon Rahimovni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z qutlovida Sharqshunoslik institutining ulkan ilmiy merosini o'rganish hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar va ilmiy aloqalarini yanada kengaytirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidlab, institutning yangi rahbariga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, Misr va Pokistonning yetakchi ilmiy muassasalari rahbarlari ham o‘zlarining samimiy tabriklarini yo‘llashdi:
Pokiston Adabiyot akademiyasi raisi, professor, doktor Najiba Arif o‘zining rasmiy maktubida K.Rahimovning sermahsul ilmiy faoliyati hamda ilm-fan taraqqiyotidagi xizmatlarini yuksak e’tirof etgan. Maktubda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda qo‘shma tadqiqotlar olib borish, tarjima loyihalari va ilmiy konferensiyalar tashkil etishga katta umid bildirilgan.
Misr Arab Respublikasi Qohira universitetining Ta’lim va talabalar ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti, professor Ahmad Rajab Muhammad Ali butun Qohira universiteti jamoasi nomidan samimiy tilaklarini izhor qildi. U professor K.Rahimovning Islom merosini o‘rganish sohasidagi uzoq yillik boy tajribasi va xizmatlarini alohida e'tirof etib, olimning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.
Islomobod shahridan yana bir qutlov taniqli pokistonlik sharqshunos olim Orif Navshohiy tomonidan yo‘llangan. Fors tilida bitilgan samimiy tabriknomada olim ushbu tayinlov katta mas’uliyat ekanligini ta’kidlab, K.Rahimovning ilmiy salohiyati va tajribasi ushbu yuksak maqomga to‘la munosib ekanligini qayd etgan.
Ushbu qutlovlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining jahon miqyosidagi yuksak nufuzi, yurtimiz olimlarining xalqaro miqyosdagi e'tirofi hamda kelgusida xorijiy hamkorlik aloqalari yanada kengayishidan dalolat beradi.
Янгиланган алифбода иш юритиши қатъий белгиланади”
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari Komiljon Rahimovni yangi lavozim bilan tabrikladi
Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Bosh muftiy shayx Ravil Gaynutdin Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahmatovich Rahimovni yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.
Tabrik maktubida Komiljon Raxmatovichning manbashunoslik, tasavvuf va arab yozma merosini o‘rganish sohalaridagi ilmiy faoliyati, xalqaro ilmiy jamoatchilik orasidagi nufuzi hamda islomning ma’naviy merosini asrab-avaylash va tadqiq etishga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlangan.
Shuningdek, maktubda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti jahon sharqshunoslik ilm-fanining yetakchi ilmiy muassasalaridan biri ekani, institutda fundamental sharqshunoslik tadqiqotlariga katta hissa qo‘shgan taniqli olimlar faoliyat yuritgani hamda uning noyob qo‘lyozmalar fondi jahon sivilizatsiyasining bebaho xazinasi ekani qayd etilgan.
Bosh muftiy shayx Ravil Gaynutdin Komiljon Rahimovning boy tajribasi, ensiklopedik bilimlari va tashkilotchilik salohiyati institutning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, yangi avlod sharqshunoslarini tarbiyalashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Tabrik maktubida Komiljon Rahimovga mustahkam sog‘liq, farovonlik va yangi mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilangan. Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi ilmiy va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga tilak bildirilgan.
Manba: Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boshqarmasi rasmiy sayti.
❗️“Барча оммавий ахборот воситалари янгиланган алифбода иш юритиши қатъий белгиланади” — Нодир Жонузоқ
Ҳукумат вакили икки алифбодан фойдаланиш жараёнига нуқта қўйилишини айтди. Қонун кучга киргач, барча расмий идоралар ягона алифбо асосида иш юритишини маълум қилди
35 йил қила олмаган ишларини энди қила олишармиш. Ишқилиб, алифбони қўя турайлик — ўзбек тили тўлиқ давлат тили бўлиб улгурди-я? Тўлиқ, барча соҳаларда,
Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari direktorlik lavozimlariga o‘tkazilgan tanlov natijalarini e’lon qiladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-matematika va texnika, Kimyo-biologiya va tibbiyot, Ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda Mintaqaviy bo‘limlardagi qator ilmiy muassasalar direktorlik lavozimlariga tanlov o‘tkazilgan edi.
Tanlov jarayonida 65 yoshgacha bo’lgan nomzodlarning ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi, rahbarlik qobiliyati hamda ilmiy muassasa faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dastur va takliflari inobatga olindi.
Yuqorida rahbarlikka tayinlangan ilmiy muassasalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Yangi rahbarlarga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, ilmiy jamoalarga esa yangi yutuqlar tilaymiz!
«Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi
2026-yil 8-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Ierusalimdagi Yahudiy universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari tadqiqotlari instituti direktori, professor Michael Shenkar “Арабское завоевание Согда и конец согдийской цивилизации” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida Arab xalifaligi istilolari davrida Sug‘d hududida yuz bergan siyosiy, madaniy va sivilizatsion o‘zgarishlar, Sug‘d sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyoti hamda uning tanazzulga yuz tutish omillari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Sug‘d tarixini o‘rganishga doir zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in ilmiy munozaralar tashkil etildi.
More...
«Bilimkent»
2026-yil 4-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda London universiteti Courtauld san’at instituti professori, Eron va islom san’ati tarixi bo‘yicha taniqli olima Sussan Babaie “Persian Literature and Artistic Innovation after the Mongols” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda fors adabiyoti va tasviriy san’atidagi yangilanishlar, adabiyot va san’at o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir hamda badiiy an’analarning yangi tarixiy sharoitda rivojlanish xususiyatlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Eron va islom dunyosi san’ati, vizual madaniyat hamda fors badiiy an’analarining tarixiy taraqqiyotiga doir zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in ilmiy munozaralar tashkil etildi.
Abu Rayhon Beruniy | Tamaddun dargʻalari
BERUNIY-ILIM ASPANÍNÍŃ SÓNBES JULDÍZÍ Sociallıq tarmaqlar arqalı bizdi baqlap
Mustaqillik kubogida Fanlar akademiyasi — kuchli uchlikda!
Vazirlik va idoralar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘yicha Mustaqillik kubogi uchun qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 82 ta jamoa 36 ta qiziqarli va murakkab savol doirasida o‘z bilim va zukkoligini sinadi.
Keskin va qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda Fanlar akademiyasi jamoasi 82 ta jamoa orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
Ma'lumot uchun:
? 1-o‘rin — Adliya vazirligi terma jamoasi
? 2-o‘rin — «O‘zbekko‘mir» AJ
? 3-o‘rin — Fanlar akademiyasi
Gʻolib va sovrindor jamoalar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar — noutbuk va Smart TV bilan taqdirlandi.
Fanlar akademiyasi jamoasini munosib natija bilan tabriklaymiz!



