"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar

Yangiliklar (653)

Bugun, 23-dekabr kuni Sharqshunoslik institutida taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor marhum Ashraf Ahmedov xotirasiga bag'ishlangan xotira tadbiri bo'lib o'tdi. Unda olimning maslakdoshlari, hamkasblari, shogirdlari va oila-a'zolari ishtirok etib, marhum xotirasiga iliq so'zlarni so'zladi.

Ustoz faoliyati davomida 300dan ortiq ilmiy asarlar yaratib, kelajak avlod uchun ulkan meros qoldirib ketdi. Ulug' bobolarimiz ilmiy merosining o'rganilishi va kelajak avlodlarga yetkazilishida mislsiz mehnat sarfladi. U kishining xotirasi qalbimizda mangu qolsa, yaratgan boy ilmiy merosi yurtimiz ilm-fa'ni rivoji uchun abadiy xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

Axborot 24 | «Science and Innovation  Awards»  ilm - fan bayrami OAV nigohida

Sunday, 22 December 2024 12:20

Tarix e'tirofi

Bugun O'zbekiston tarixi telekanalida an'anaviy "Tarix e'tirofi" mukofotlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston ilm-fanida jonbozlik ko'rsatayotgan olimlar taqdirlandi. Jumladan, Sharqshunoslik institutining ikki nafar ilmiy xodimi, t.f.d Surayyo Karimova hamda f.f.d Baxtiyor Karimovlar ham taqdirlandi. 

ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти кутубхонаси фондига, шарқшунос, Бирлашган Араб амирлигида Ўзбекистоннинг биринчи туризм вакили, Жазоир, Ливия, Ироқ, Бирлашган Араб Амирлиги, Миср каби давлатларда фаолият олиб борган Хайтматов Нурмухаммад Пирматович (1944-2013)нинг умри давомида тўплаган китоблар коллекцияси топширилди. Ушбу коллекция унинг рафиқаси Хайтматова Сабохат Агзамовна томонидан топширилди. Институт раҳбарияти томонидан топширилган китоблар коллекцияси учун миннатдорчилик билдирилди.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Thursday, 19 December 2024 02:32

Hurriyat

Wednesday, 18 December 2024 15:42

Zamonlar osha Sidqiy Xondayliqiy

Xonliklar davrida jamoat tartibi va xavfsizlik mavzusi, qonunchilikdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda vazirlik buyrug‘i — IIBBda navbatdagi ma’rifat soati o‘tkazildi.

Tadbirda tarix fanlari doktori Sherali Qo‘ldoshev "Xonliklar davrida jamoat tartibi va xavfsizlik" mavzusida ma’ruza qilib, mavzuni yoritib bergan bo‘lsa, Bosh boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘linmasi mas’ul xodimi tomonidan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.

Shuningdek, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining hududiy mas’ullari tomonidan profilaktika o‘rnida xodimlar bilan bog‘liq holatlar o‘qib eshittirildi. 

Bosh boshqarma Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi xodimi tomonidan IIVning 2024-yil 5-oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi va reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i mazmun mohiyati yetkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2024 yil 16-dekabr kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Qozogʻiston Respublikasi Sharqshunoslik institutining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari G.Duysen boshchiligida olimlar delegatsiyasi tashrif buyurdi. Qozoq olimlari yangi tarixni yozishda oʻzbek olimlari bilan hamkorlik aloqalari Markaziy Osiyodagi bugungi jarayonlarni toʻliq qamrab olishda juda muhimligini taʼkidlab oʻtishdi. Uchrashuv konstruktiv ruhda oʻtdi va tomonlar kelgusi xalqaro konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etishga  kelishib olishdi.

 

 

O‘zbekiston Respurblikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2024-yil 16-martdagi 26-son bayoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan yangi О‘zbekiston Chexiya, Belorus, О‘mon, Shimoliy Makedoniya, Kanada, Ispaniya bilan dо‘stlik jamiyatlarini tashkil etish bo’yicha ta’sis majlislari o’tkazildi.


Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, Oʻzbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanʼati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanib yuqorida qayd etilgan mamalakatlar bilan aloqalarimiz har sohada yanada rivojlanishi kutilmoqda..

Page 21 of 47

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…