"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Yangiliklar (413)
Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti tarixi
Mutafakkirlarimizning ilmiy merosi

2023-yil 24-oktabr kuni Madaniy meros agentligida soha mutaxassislari ishtirokida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Ushbu majlisda Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining sharqshunos, tarixchi, manbashunos mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda “Mutafakkirlarimizning ilmiy merosi, nodir qo‘lyozmalarini mahalliy hamda Eron olimlari hamkorligida chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish” mavzusi muhokama qilindi.
“Tarixiy taraqqiyot davrida ajdodlarimiz tarafidan yozilgan ko‘plab asarlarning qo‘lyozma nusxalari bugungi kunda Eron Islom Respublikasida va u yerlarda yozilgan ayrim asarlarning nusxalari esa O‘zbekistonda saqlanmoqda”- dedi direktorning birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev.
Qayd etilishicha, Erondagi qo‘lyozmalar orasida Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abu Sa’id Termiziy, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Badriddin Muhammad Chochiy, Ismat Buxoriy, Kamoliddin Husayn Xorazmiy, Mas’ud Suzaniy Samarqandiy, Mir Abdulloh Husayniy Termiziy, Muhammad Ziyo Bedil Buxoriy, Riyoziy Samarqandiy, Sayfi Buxoriy, Sirojiddin Bisotiy Samarqandiy, Xayoliy Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Husayn Boyqaro, Shavkat Buxoroiy kabi mutafakkirlarimizning noyob qo‘lyozma asarlari saqlanayotgani muhokama qilindi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ikki davlatning ma’naviy merosi bo‘lgan ushbu qo‘lyozmalar ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, tarjima ishlarini amalga oshirish va ma’naviy merosimizni keng targ‘ib qilish ishlari xususida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Ma’lumot uchun: 2023-yil 18-19-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga brogan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida qator kelishuvlarga erishilgan edi.
https://madaniymeros.uz/news/711?lang=uz-latn
ILM QADRI
2023-yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, taniqli olim, professor, tarix fanlari doktori Ashraf Ahmedov “Beruniy avlodlari” jamoat fondi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi institutning majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda institut xodimlari, olimlar, jamoat fondi direktori ishtirok etdi. Tadbirda olimning Beruniy merosini o‘rganishdagi faoliyati yuksak baholandi.
XORIJLIK MEHMONLAR TASHRIFI
2023-yil 18-Oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Oman Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Janob Habib Muhammad Al-Rashdi va Toshkent shahridagi Oman Sultonligi elchixonasi konsuli janob Saud Hamed Al-Yahyage tashrif buyurdi.
Mehmonni institutning ilmiy kotibi N.Jabborov, fond mudiri Sh.Islomov va Xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi U.Raxmanovlar kutib olishdi. Mehmonga institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo’limlari va institut xodimlari tomonidan nashr etilgan nashrlar haqida institutning ilmiy kotibi N.Jabborov tanishtirib o’tdi. Undan keyin mehmonga institutning restavratsiya va skanerlash bo’limlari ko’rsatilib, yangi bino qurilishi bo’yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonga institutning faoliyati va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan dastur.
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya
QOZOG`ISTONLIK MEHMONLAR TASHRIFI
2023-yil 26-sentabr kuni Abu Rahyon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Abay nomidagi Qozog’iston Milliy Pedagogika Universiteti professori, Sarkitkan Kaster va mazkur Universitetning dotsenti Bolatbek Batirxan tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut ilmiy kotibi N.Jabbarov va xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi U.Raxmanovlar kutib olishdi. Dastlab N.Jabbarov mehmonlarga institutning ilmiy faoliyat doirasi, institut ilmiy bo’limlari faoliyati va institut yangi binosi haqida ma’lumot berib o’tdi. Mehmonlarni qiziqtirgan savollarga Institutning faxri hisoblangan tarix fanlari doktori, akademik Dilorom Yusupova va Institutning yosh iqtidorli xodimi, tarix fanlari bo`yicha PhD Xurshid Azimov javob berdilar. Tomonlar bir-birlariga o`zlarining nashrlaridan taqdim qildilar. Shundan keyin mehmonlar institutning restavratsiya, skanerlash va kutubxonasini ko’zdan kechirishdi. Birgalikda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, bir qator takliflar ilgari surildi. Institut faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar mehmonlarga juda katta ta’surot qoldirdi.
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyaning yakunlovchi bosqichidan
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyaning yakunlovchi bosqichidan
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya
More...
Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi oʻrni
Boburshunos olima bilan “Bilimkent” seminari doirasida ilmiy suhbat uyushtirildi.
Joriy yil buyuk shoh va adib Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan Pokiston Islom Respublikasi, Panjob universiteti, tarix departamenti professori, Bobur merosini o‘rganish markazi rahbari Rukhsora Iftikhar xonim bilan 26-sentyabr kuni seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminar mavzusi “Zahiriddin Muhammad Boburni Pokistondan izlab” deb nomlanib, unda ma’ruzachi tomonidan Boburning Afg‘oniston va Pokistondagi hayoti, uning “Boburnoma” asaridagi tavsifi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. So‘ngra, institute yosh olimlar kengashi a’zolari tomonidan ushbu ma’ruza borasida iliq fikrlar bildirilib, mavzu doirasida savollar berilib, ularga tegishli javob berildi. Ilmiy seminar so‘ngida Bobur va boburshunoslik sohalarida ilmiy hamkorlikni davom ettirish yuzasidan takliflar berildi.
PRESS-RELIZ
BUYUK MUTAFFAKIR VA QOMUSIY OLIM ABU RAYHON BERUNIY TAVALLUDINING 1050 YILLIGIGA BAG‘ISHLANADI
PRESS-RELIZ
Joriy yilning 22-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida buyuk mutafakkir va qomusiy olim “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi 361-sonli qaroriga muvofiq Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanni o‘tkazish vazifalari belgilangan. Bu tom ma’noda buyuk tariximizni, ilmiy merosimizni jahonga namoyish etish uchun tashlangan yana bir qadamdir. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosini ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish nafaqat tarixiy bilimlarni mustahkamlashga, balki yosh avlodga haqqoniy o’tmishimizni anglatish, jahon maydonida O’zbekistonning ijobiy imidjini yanada yaxshilash jihatidan ham ahamiyatlidir.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 25-28-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda Toshkent shahrida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanini o‘tkazish rejalashtirildi.
Mazkur anjumanda 15 ta davlatdan (Turkiya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afg‘oniston, Xitoy, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston, Rossiya) 20 nafar xorijiy mehmon, taniqli olimlar va ziyolilar, yozuvchi, shoirlar, san’at va madaniyat vakillari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolaridan iborat 200 nafar Respublikamizning barcha hududlaridan mutahassis olimlar, jurnalist va blogerlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida, shuningdek, ta’lim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targ‘ib qilish maqsadida qator tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirildi. Shu bilan birga Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosi, uning insonparvarlik g‘oyalarini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida “Ma’naviy barkamol avlod – barqaror jamiyat bunyodkori” mavzusida o‘quvchi yoshlar bilan davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Abu Rayhon Beruniyning “Kitob as-saydana fi-t-tibb” nomli kitobi tayyorlanmoqda. Ushbu kitob bizgacha yagona nuqsonli qo‘lyozmada yetib kelgan “Tabobatda dorishunoslik” nomli arab tilidagi so‘nggi asarining o‘zbek tiliga to‘liq ilmiy izohli tarjimasidir. Bu asar o‘rta asrlar musulmon Sharqidagi dorishunoslik tarixiga oid qimmatli manba bo‘lib, unda o‘simlik, ma’daniy, hayvon a’zo va mahsulotlaridan iborat mingdan ortiq dorining tavsifi hamda turli til va lahjalardagi nomlanishi berilgan. Kitobda Beruniyning dorishunoslik, geografiya, botanika, zoologiya va filologiyaga qo‘shgan hissasi aniq bayon etib berilgan.
Shu bilan birga, “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari” nomli risola tayyorlandi. Mazkur risolada Beruniyning hayoti va ilmiy merosi hamda ijtimoiy- siyosiy qarashlarini talqin etilgan.
Beruniyning ilmiy merosi matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir 150 ta asarni o‘z ichiga oladi. Beruniy arab, fors, yunon va sanskrit tillarini bilgan va bir tildan boshqasiga tarjima qilishning tabiiy-ilmiy terminologiyalari qoidalarini ishlab chiqqan.
Buyuk bobokalonimizning xotirasini ulug’lash, uning nomini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, millatsevarlik tuyg’ularini va ilmga bo’lgan rag’batni yanada oshirish muhimdir. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yuqoridagi qaror Abu Rayhon Beruniyning ilm yo‘lida erishgan natijalarini chuqurroq o‘rganish, keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, shuningdek jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilishiga zamin yaratadi.
https://t.me/marifat_jamiyati
Anjuman qatnashchilarining navbatdagi manzili Beruniy tumani Madaniyat saroyi bo'ldi.
Anjuman qatnashchilarining navbatdagi manzili Beruniy tumani Madaniyat saroyi bo'ldi.
Bu yerda xalq kuy-qo'shiqlari ijro etilib, milliy urf -odat va an'analarimizdan namunalar namoyish etildi.