"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Yangiliklar (412)
“Мирзаев Авазбекнинг тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси иши ҳимояси тўғрисида”
“Фарғона водийсида пахтачилик тарихига оид архив ҳужжатларининг манбашунослик таҳлили” мавзусида
Мирзаев Авазбекнинг “Фарғона водийсида пахтачилик тарихига оид архив ҳужжатларининг манбашунослик таҳлили” 07.00.08 – Тарихшунослик, манбашунослик ва тарихий тадқиқот усуллари ихтисослиги бўйича тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация иши ҳимояси Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01 рақамли Илмий кенгашнинг 2023 йил 31 январь куни 14:30 даги мажлисида бўлиб ўтади.
Манзил: 100170, Тошкент шаҳри, Мирзо Улуғбек кўчаси, 79-уй. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти. 2 қават, мажлислар зали.
Тел.: +998(71) 262 54 61
1S_11_2_09_01_2023_Мирзаев_автореферат_2022_31_12_
Universitetimiz talabalari uchun 60 dan ortiq ilmiy, badiiy va adabiy kitoblar BuxDU ARMiga taqdim etildi
BuxDU profesori, Oliy majlis Qonunchililik palatasi deputati, taniqli tilshunos olim professor T.R.Choriyev hamda BuxDU bitiruvchisi, yetuk sharqshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DSc) K.Rahimovlar universitetimiz talabalari uchun 60 dan ortiq ilmiy, badiiy va adabiy kitoblarni taqdim etishdi. Kitoblar taqdimotida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.G‘.Jumayev, filologiya fakulteti dekani D.Z.Rajabov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri H. P.Eshonqulov, O‘zbek tili adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d (DSc) N.J.Bekova, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Taqdimotda so‘zga chiqqanlar BuxDU ARMiga topshirilgan kitoblarning talaba yoshlar, tadqiqotchilar uchun noyob manba ekanligini alohida ta’kidlashdi.
Ayniqsa, filolog, matnshunos va manbashunos, tarix, falsafa va siyosatshunos bo‘lish uchun intilayotgan talabalarimizning ilm ziyosini yanada kengayishi uchun noyob manbalar ekanligi ta’kidlandi. Mehmonlarga ARMda yaratilgan shart sharoitlar iliq taassurot qoldirdi. Fondda mavjud bo‘lgan qo‘lyozmalarlarni o‘qib o‘rganish barobarida, ularning kelajakdagi nashri, joriy yozuvga o‘tkazish hamda ilmiy-tadqiqot jaryonlariga olib kirish maslalari ko‘rib chiqildi.
Ozarbayjon qo‘lyozmalar institutidagi o‘zbek merosi
????Boku shahrida O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati delegatsiyasi Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti direktori Teymur Gashim o‘g‘li Karimli bilan uchrashdi.
✅ Uchrashuvda Ozarbayjon kolleksiyalaridagi o‘zbek to‘plami haqidagi kitobni chop etishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
?O‘zbek qo‘lyozmalariga bag‘ishlangan bo‘limga olimlar, shoirlar, madaniyat arboblarining arab, fors va o‘zbek tillaridagi 90 dan ortiq qo‘lyozmalari kiritiladi. Bular Alisher Navoiy, Bobur, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Ulug‘bek va Jomiy asarlaridir. To‘plamdagi nodir durdonalardan biri Abu Ali ibn Sinoning “Al Qonun fi at-tibb” (II tom. 537/1143 yil) qo‘lyozmasi hisoblanadi.
Ўзбекистоннинг бой маданий мероси Парижнинг Лувр музейида
DO’STONA TASHRIF
O`monlik olimlar tashrifi
14 dekabr 2022 yil, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sharqshunoslik institutiga O’mon Sultonligi Nizva universitetining arab-tili mutaxassisi Dr. Said Al-Zubaydiy va mazkur universitetning arab tili bo’limi mudiri Dr. Masud Said Al-Hadidiy va O’zbekiton Davlat Jahon tillari Universitetining Tarjimonlik fakulteti, Arab-tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Dr. Xelal Kadhom tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni institutning ilmiy kotibi N.Jabborov, fond mudiri Sh.Islomov va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i U.Raxmanovlar kutib olishdi. Mehmonlarga dastlab institutning yangi binosi ko’rsatildi.
Institut faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar haqida N.Jabborov mehmonlarni tanishtirib o’tdi. Shundan keyin mehmonlar restavratsiya va skanerlash bo’limi faoliyati, unda amalga oshiralayotgan ishlar haqida yaqindan tanishdilar. Institut faoliyati mehmonlarga juda katta ta’surot qoldirdi.
Do’stona tashrif
12-dekabr 2022 yil O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Markaziy Osiyo xalqaro institutiga “XIX asr o’zbek va qozoq mutafakkirlari dunyoqarashida umumiy tarixiy-madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan bir qator qozog’istonlik olimlar jumladan, Matijanov Kenjexan Slyamjanovich- M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori, filologiya fanlari doktori , Batirxan Bolatbek Shadenuli – R.B.Sulaymonov nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy kotibi, PhD, Kidir Torali Edilbayuli – M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori o’rinbosari, filologiya fanlari doktori, Aubakir Jandos Magazbekovich – L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiya milliy universiteti, “Abay akademiyasi” ilmiy tadqiqot instituti direktori, filologiya fanlari doktori tashrif buyurdilar. Mehmonlarni direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari S.Karimova, fond mudiri Sh.Islomov va institut xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i U.Raxmanov kutib oldilar.
Mehmonlarga direktor o’rinbosari S. Karimova tomonidan institut tarixi va faoliyat yo’nalishlari, hozirgi kunda olib boriladigan turli xil tadqiqotlar haqida ma’lumot berib o’tildi. Uchrashuvda “Markaziy Osiyo tarixi” bo’limi boshlig’i A.Xo’jayev, “Tarixiy manbashunoslik” bo’limi boshlig’i H.Lutfullaev, “Sharq mumtoz adabiyoti” bo’limi boshlig’i S.Eshonovalar ham ishtirok etishdi. Uchrashuvda mehmonlar institut haqidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Xususan, elektron nusxa olishning tartib-qoidalari, onlayn katologlarning hozirgi ishlash prinsiplari, bo’limlar tomonidan amalga oshirilayotgan nashrlar, restavratsiya va skanerlash bo’limining faoliyatlari ularni juda qiziqtirdi. Qozog’iston vakillari bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va birgalikda nashrlar qilish yo’llari haqida muzokalar olib borildi. Institutning hozirgi faoliyati mehmonlarda juda katta qiziqish uyg’otdi va kelajakda institut bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish yo’llarini o’ylab ko’rish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.
Birozdan so’ng mehmonlar restavratsiya va skanerlash bo’limi faoliyati bilan tanishish uchun restavratsiya bo’limiga tashrif buyurdilar. Bo’limdagi olib borilayotgan kitoblarni ta’mirlash va mulyaj ishlari mehmonlarga juda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir 1 soat davom etdi. Shundan keyin mehmonlar iliq kutib olingan qabul uchun institut xodimlari jamoasiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Misr Arab Respublikasidagi “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi va arxiv fondidagi O‘zbekistonga oida qo‘lyozma asarlari o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik davom etmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi M.Qilichevning bevosita sa’y-harakatlari bilan “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi fondida saqlanayotgan jami 49 361 ta qo‘lyozma haqidagi ma’lumotni o‘zida mujassam qilgan 28 kitobdan iborat yangilangan fixrist va aynan shu noyob ma’lumotlarni o‘z ichida jamlagan 50 GB hajmdagi elektron fayl 8 ta CD-diskda ham keltirildi.
Ma’lumot uchun: “Al-Azhar” universiteti Fotimiylar davlati davrida (909—1171) tashkil etilgan bo‘lib, tarixi ming yilliklarga borib taqaladi va Islom olamida “Ilm markazi” degan nom olgan. Universitetda arab tili, mantiq, aqida, fiqh, tasavvufdan chuqur bilim beriladi va asrlar davomida arab tili va grammatikasini o‘rganishda buyuk bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariyning “Al-Mufassal” asaridan foydalanib kelinmoqda. “Al-Azhar”ning kutubxona fondida ko‘plab atoqli olimlar asarlari qo‘lyozmalarining nusxasi mavjud. Xususan, o‘rta asrlar allomalaridan Imoddidin Ismoil ibn Ahmad Ibn Said Ibn Asir, Ibrohim al-As’hariy, Abu Is’hoq at-Tunisiy, Abul Hasan Nuriddin Ali ibn Muhammad ibn Iso al-Ashmuniy, “al-Amir al-Kabir” nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulqodir ibn Abdulaziz al-Simbaviy al-Azhariylar ko‘plab asarlarining qo‘lyozma nusxalari saqlanmoqda. Kutubxona fondi juda boy bo‘lib, birgina Jaloliddin Abu alFazl Abdurahmon Abu Bakr ibn Muhammad al-Hudayriy as-Suyutiy asarlarining 1325 ta nusxasi bor.
E’tiborli tomoni, ushbu kutubxonada yurtimiz allomalarining ko‘plab asarlari qo‘lyozmalarining nusxalari mavjud bo‘lib, xususan, Abu Ali Ibn Sinoning "Al qonun fi at-tib" asari "37 653" raqami ostida saqlanishi aniqlandi. Shuningdek, fondda Sharofiddin Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Al Chag‘miniyga tegishli "Qonuncha" asarining uchta nusxasi, al-Xorazmiy, al-Beruniyning ikkita asari,
at-Termiziyning 153 ta asari, at-Taftazoniyning 479 ta asari nusxalari bor.
Kutubxona fondida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar haqida to‘liq ma’lumot beruvchi 28 ta kitobda buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy asarlarining 415 ta nusxasi ro‘yxati keltirilgan. Jumladan, uning mashhur hadislar to‘plami “Al-Jome’ as-Sahih” (Sahihi Buxoriy) bilan birgalikda “Al-Adab al-Mufrad”, “Az-Zu’afa as-Sag‘ir”, “At-Tarix al-Kabir”, “Xayr al-Kalom fi al-Qiroat xalf al-Imom” va “Xalq af’al al-Ibod” kabi asarlarning qo‘lyozma nusxalari ham mavjud.
Madaniy meros agentligining O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni ilmiy-tadqiq etish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan R.Bahodirov, D.Rasulov va I.Qayumovalarning dastlabki ilmiy izlanishlar asnosida yuqorida zikr etilgan ma’lumotlar aniqlandi. Shu bois bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirish natijasida yurtimiz tarixiga oid yangi topilmalar kashf qilinishi kutilmoqda.
Mukofotlar muborak bo'lsin!
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh fidoyi xodimlari, ilm-fan jonkuyarlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi. Barchangizga eʼtirof muborak!
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasidan taqdirlanganlar ro'yxati
1. Ibragimova Elvira Memetovna Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi
2. Azamov Abdulla Matematika instituti boʻlim boshligʻi, akademik
3. Moʻminov Ramizulla Abdullayevich Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri, akademik
4. Askarov Axmadali Fanlar akademiyasi akademigi
5. Parpiyev Odilxoʻja Raimxoʻjayevich Materialshunoslik instituti direktori
6. Ashurov Xotam Baxronovich
Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori
7. Rafikov Vaxob Asomovich Seysmologiya instituti direktori
8. Sultonov Karim Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori
9. Tillayev Yusufjon Abdumajidovich Astronomiya instituti direktor oʻrinbosari
10. Abdullayev Nasrulla Djalilovich Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktor oʻrinbosari
11. Aripova Tamara Uktamovna Immunologiya va inson genetikasi instituti direktori, akademik
12. Inoyatova Flora Ilyasovna Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari, akademik
13. Nasmetova Saodat Mamajanovna Mikrobiologiya instituti yetakchi ilmiy xodim
14. Matniyazova Xilola Xudaybergenovna Genetika va oʻsimliklar ekspimental biologiyasi instituti yetakchi ilmiy xodimi
15. Salixanova Dilnoza Saidakbarovna Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi
16. Namazov Shafoat Sattarovich Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik
17. Ashurov Jamshid Mengnorovich Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri
18. Sultonov Oʻktambek Abdulganiyevich Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi
19. Xamdamov Ulugbek Abduvaxobovich Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri
20. Rajabov Kaxramon Kenjayevich Tarix instituti bosh ilmiy xodimi
21. Muxtarov Ildar Askadovich Sanʼatshunoslik instituti boʻlimi mudiri
22. Raximov Mirzoxid Akramovich Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi boʻlimi mudiri
23. Eshonqulov Joppor Saliyevich Davlat adabiyot muzeyi direktori
24. Uljabayeva Surayyo Baxrombekovna Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori oʻrinbosari
25. Aripdjanov Otabek Sanʼatshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
26. Turgunov Murodjon Tursunboyevich Davlat va huquq instituti direktori
27. Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich Davlat va huquq instituti direktori oʻrinbosari
28. Tashkulov Jurabay Davlat va huquq instituti xodimi
29. Gafurova Muborak Vaxidovna FA Fizika-matematika va texnika boʻlimi rahbari oʻrinbosari
30. Tashpulatov Javlon Jamondinovich FA Kimyo-biologiya fanlari boʻlimi rahbari-ilmiy kotib
31. Karimov Ulugʻbek Timerbayevich FA Kimyo-biologiya fanlari boʻlimi rahbari oʻrinbosari
32. Mustafayeva Nodira Abdullayevna FA Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi rahbari-ilmiy kotibi
33. Payziyeva Muqaddas Xabibullayevna FA Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi rahbari oʻrinbosari
34. Maxmudov Oʻtkur Sobirjon oʻgʻli Tashkiliy-tahliliy boʻlim boshligʻi
https://academy.uz/uz/news/mukofotlar-muborak
More...
Ўзбекистон воҳалари хазиналари. Карвон йўллари чорраҳасида
Қарақалпақ тилине тил бийлиги берилген күн Өзбекстан Республикасының бир қатар орынларында кең түрде белгиленбекте
Қарақалпақ тилине тил бийлиги берилген күн мүнәсибети менен усы бүгинниң өзинде Ташкент қаласында, Өзбекстан Илимлер Академиясының Шығыстаныў институтында “Ғəрезсизлик жылларында қарақалпақ тили ҳəм əдебиятын раўажландырыў мəселелери” атамасында илимий-әмелий конференция болып өтпекте. Бул да өз гезегинде ана тилимизге болған ҳүрметтиң және бир көриниси есапланады.
Толық мағлыўмат
(https://joqargikenes.uz/13615.html)Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңесиниң Мәлимлеме хызмети
Каналға ағза болыў: @joqargikenes
Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosining birinchi ko‘rgazmasi.
“Ўзбекистон воҳалари хазиналари
Париждаги дунёга машҳур Лувр музейида 23 ноябрь куни “Ўзбекистон воҳалари хазиналари. Карвон йўллари чорраҳасида” номли кўргазмага старт берилади. Кўргазма 2023 йил 6 мартгача давом этади.
Кўргазмадан 168 та музей экспонати, хусусан, Ўзбекистоннинг 13 та музейидан 137 та, шунингдек, дунёнинг етакчи музейларидан 31 та экспонат ўрин олган.
Бугун ташкилотчилар кўргазма ҳақида Ўзбекистон оммавий ахборот воситаларига маълумот беришди.
https://www.youtube.com/watch?v=bg07Q-9jUFU
https://www.youtube.com/watch?v=0TOYyzlYQss