"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743

2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida tarixshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida muhim ilmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Kunning birinchi yarmida institut tadqiqotchisi Idiyev Akbar Avaz o‘g‘li tomonidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “XVI–XVII asrlar yozma manbalarida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar” mavzusidagi dissertatsiya ishi institut bo‘limlararo qo‘shma majlisida muhokama qilindi.

Muhokama davomida dissertatsiya ishining ilmiy dolzarbligi, manbashunoslik asoslari, tadqiqot natijalari va ilmiy yangiliklari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda mazkur tadqiqot ishi keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Shuningdek, shu kunning ikkinchi yarmida institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Aminov Hamidulla Abdiraximovichning tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Shayboniylar davrida fiqh ilmi va uning manbalari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash majlisi yakunida X.A. Aminovning dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tgani e’tirof etildi. Mazkur ilmiy tadbirlar institutda tarixshunoslik, manbashunoslik va yozma meros tadqiqotlari izchil davom etayotganini, yosh va yetuk tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarining muhim bosqichlarga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Institut jamoasi nomidan tadqiqotchilarni ushbu muhim ilmiy bosqichlar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ozarbayjonlik tadqiqotchi, doktor Buyukaga Mikayili OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Sarboz Safarov faoliyatiga yuksak baho berdi.

Oʻzbekistonga ilmiy safari davomida u Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan “Qutadgʻu bilig”ning Fargʻona nusxasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlganini taʼkidladi. Olimning fikricha, mazkur manba uning ilmiy izlanishlarining keyingi bosqichi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur eʼtirof yosh olimlarimizning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va milliy qoʻlyozma merosimizni dunyo ilm-faniga tanitish yoʻlidagi samarali faoliyatining yana bir tasdigʻidir.

 

 

Афғонистондан Ўзбекистонга қарийб 600 кг гиёҳванд моддаси экскаватор орқали олиб ўтилаётганда қўлга олинибди.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamda STERNA Heritage hamkorligida ALIPH 2025–4160 Central Asia granti doirasida 2026-yil 12–15-may kunlari tashkil etilgan “O‘zbekiston va Qozog‘iston kutubxonalarida qo‘lyozmalarni konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha trening” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z yakuniga yetdi.

? Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Qozogʻistonda saqlanayotgan qoʻlyozma merosini asrash, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha zamonaviy tajribalarni oʻrganish, shuningdek, soha mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirishga qaratildi.

? Seminar xalqaro mutaxassislar – Nil Baydar, Nikolas Sarris hamda Konstantina Papavasileiou tomonidan olib borildi.

? Seminar nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻunlashtirish, xalqaro tajriba almashish hamda soha mutaxassislari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim platforma boʻlib xizmat qildi.

 

 

2026-yil 15-may kuni Toshkent shahridagi Oriental universitetida “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ish beruvchi tashkilot sifatida faol ishtirok etdi. Institut vakillari tomonidan bakalavr va magistratura bosqichini tamomlayotgan bitiruvchi talabalarga institutda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari — doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlari haqida tushuntirishlar berilib, qabul tartibi va talablar yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida talabalarning savollariga atroflicha javob berilib, ilmiy faoliyatni davom ettirish hamda institut bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

Page 3 of 127

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…