"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази, Ўзбекистон маданий меросини ўрганиш, сақлаш ва оммалаштириш бўйича Бутунжаҳон жамияти (WOSCU), ЕХҲТ, ўғирланган, йўқолган ва ноқонуний олиб чиқилган санъат асарлари, антиквариат ва маданий бойликларни қидириш билан шуғулланувчи халқаро ихтисослашган компания — Art Loss Register, Metropolitan Police Service, Британиянинг тегишли тузилмалари ҳамда халқаро экспертлар ҳамкорлигида Ўзбекистонга жаҳон аҳамиятига эга нодир ва ноёб шедеврлар қайтарилмоқда.



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Aminov Xamidulla Abdiraximovichning “Shayboniylar davrida fiqh ilmi va uning manbalari” mavzusidagi 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan doktorlik dissertatsiyasi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 – raqamli ilmiy kengashning 2026 yil 20 may, chorshanba kuni 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. 1 qavat, majlislar zali.
Tel.: +998(71) 262 54 61
Ибн Холдуннинг "Муқаддима"сини нашр этди. Китоб жами уч жилддан иборат. Ҳозирча икки жилди нашрдан чиқмоқда. Биринчи жилдига Диний қўмитадан рухсат олинган.
Таржима араб тилидан, энг мўътабар нусхадан қилинди. Маълумки, "Муқаддима"нинг нусхалари жуда кўп. Бизда тайёрланган нашр айнан олимлар энг қийматли санаган нусхадан шарҳлари билан тайёрланди.
Таржимонлар: Шарқшунослик институти илмий ходими Нажмиддин Мирмаҳмудов ва Ал-Азҳар университети талабаси Орифхўжа Тожиев. Сўзбоши муаллифи Шерали Қўлдашев - ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти етакчи илмий ходими, тарих фанлари доктори. Тақризчилар: Шовосил Зиёдов - Имом Бухорий халқаро тадқиқот маркази директори, тарих фанлари доктори; Ҳамидулла Аминов - ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти катта илмий ходими, тарих фанлари номзоди.
Биринчи жилд: 584 бет.
Иккинчи жилд: 448 бет.
Бичими: 60*90/16.
Адади бир-йўғи 1000 нусха.
Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo'yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan "Sog'lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta'minlaylik" shiori ostida o'tkazilgan respublika ko'rik tanlovining Toshkent shahar bosqichida Mehnat muhofazasi bo'yicha eng yaxshi tashkilot nominatsiyasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 1-o'rinni egallab, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.



Joriy yilning 23–25-aprel kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida zamonaviy tojik adabiyotining asoschisi Sadriddin Ayniyning “Tojik adabiyoti namunasi” asari nashr etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy simpozium bo‘lib o‘tdi.
Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Rayosati hamda Ahmad Donish nomidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu yirik anjumanda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkiya, Hindiston, Pokiston va Rossiya kabi davlatlardan yetuk tarixchi, manbashunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etdilar. Simpoziumning ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Dilrabo Mansuri hamda Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Qobiljon Xushvaxtzoda so‘zga chiqib, Sadriddin Ayniyning mazkur asari Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasida noyob tarixiy-madaniy hodisa ekanligini, u milliy o‘zlikni anglash va mintaqaviy madaniy aloqalarni mustahkamlashda hamon muhim manba bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Ushbu nufuzli xalqaro muloqot maydonida O`zR FA Sharqshunoslik instituti, O`zR FA San`atshunoslik instituti, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi ham o‘zlarining dolzarb mavzulardagi ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdi. Universitetimiz sharafini quyidagi olimlar munosib himoya qildilar:
? Tarix fanlari doktori (DsC), professor Komiljon Rahimov;
? Tarix fanlari doktori, professor Halim To‘rayev;
? Tarix fanlari doktori, dotsent Farrux Temirov;
? Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Azam Boltayev;
? Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), doktorant Shohruxbek Olimov;
? San`atshunoslik fanlari doktori (DsC) Marfua Hamidova;
? San`atshunoslik fanlari nomzodi Bahor Xurramzod;
? San`atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kichik ilmiy xodim Baxtishod G`aybullayev.
Olimlarimiz tojik, rus va ingliz tillarida o‘zbek-tojik ilmiy-adabiy aloqalari, tarixiy manbashunoslik hamda hududning umumiy madaniy merosiga oid ilmiy xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ilmiy safar doirasida O'zbekiston olimlari Tojikiston davlat Arxeologiya muzeyida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan noyob arxeologik yodgorliklar va osori-atiqalar bilan yaqindan tanishdilar. Safar yakunida Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi tarkibidagi institutlar hamda nufuzli muzeylar bilan O`zR FA San`atshunoslik instituti, O`zR FA Tarix instituti, Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tarix, arxeologiya va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Simpozium yakunida faol ishtirok etgan va ilmiy ma’ruzalari bilan soha rivojiga hissa qo‘shgan O'zbekiston olimlari maxsus xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Shunigdek, simpozium doirasida O`zR FA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DsC), professor Komiljon Rahimovning Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi va O`zR FA Sharqshunoslik instituti hamkorligida tojik tilida nashrga tayyorlangan “Sarchashmai tasavvufi Movarounnahr” monografiyasining taqdimoti bo`lib o`tdi.
Ushbu tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ilmiy va madaniy ko‘priklarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.







