"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Dublet fondida saqlanayotgan qo‘lyozmalar tavsifiga bag‘ishlangan “Собрание восточных рукописей академии наук Республики Узбекистан. Краткий каталог Дублетного фонда” nomli qisqa katalog rus tilida uch jildda nashr etildi.
Mazkur katalogda institut Dublet fondida saqlanayotgan 5247 jild qo‘lyozma kitob hamda ulardagi 11 383 ta asar haqida qisqa ilmiy tavsiflar keltirilgan. Tavsiflarda qo‘lyozmalarning inventar raqami, asar nomi, muallifi, tili, hajmi, fan sohasi, ko‘chirilgan vaqti, xattot ismi hamda mavjud nuqsonlari haqida ma’lumotlar berilgan. Nashr talablariga muvofiq katalogga o‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zboshi yozilgan. Shuningdek, uch jildlik nashr oxirida mualliflar, asarlar nomlari hamda xattotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tuzilib, ilova qilingan.
?Mas’ul muharrirlar:
akademik, tarix fanlari doktori, professor Dilorom Yunusovna Yusupova;
tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov.
Nashrga tayyorlovchilar:
tarix fanlari doktori, professor Amanulla Buriev;
kichik ilmiy xodim Fayzullo Faromazi.
?Taqrizchilar:
tarix fanlari doktori, professor O‘ktambek Abdulg‘aniyevich Sultonov;
tarix fanlari nomzodi, dotsent Ma’sudxon Mahdiyevich Ismoilov;
tarix fanlari nomzodi Hamidullo Abdurahimovich Aminov.
Ushbu qisqa katalogni tayyorlashda institutning Qo‘lyozmalarni kataloglashtirish va elektron kataloglarni texnik nazorat qilish bo‘limi xodimlari faol ishtirok etdilar.
Joriy yilning 7-may kuni TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan “Amir Temur va temuriylar ilmiy merosi Qo‘qon xonligi yozma manbalarida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
? Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo tarixi bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DSc), professor Qo‘ldashev Sherali Temiraliyevich tashrif buyurib, mavzu yuzasidan mazmunli ma’ruza qildi.
✨ Tadbir davomida talaba-yoshlar tarixiy meros, vatanparvarlik va buyuk ajdodlarimiz ilmiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi Faxriy medali bilan taqdirlandi.
Esdalik nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur eʼtirof ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik yanada mustahkamlanayotganining yaqqol ifodasidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz!

Когонда фуқаронинг машинаси текширилганда, ундан 993 гр “опий” моддаси топилган.
Суриштирув давом эттирилиб, унга ушбу моддани етказиб берган халқаро юк ташувчи шахс ҳам ушланган. Унинг олдидан 5 кг ва уйидан эса 7 кг “опий” топилган.
Ҳозирда мазкур шахсларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази, Ўзбекистон маданий меросини ўрганиш, сақлаш ва оммалаштириш бўйича Бутунжаҳон жамияти (WOSCU), ЕХҲТ, ўғирланган, йўқолган ва ноқонуний олиб чиқилган санъат асарлари, антиквариат ва маданий бойликларни қидириш билан шуғулланувчи халқаро ихтисослашган компания — Art Loss Register, Metropolitan Police Service, Британиянинг тегишли тузилмалари ҳамда халқаро экспертлар ҳамкорлигида Ўзбекистонга жаҳон аҳамиятига эга нодир ва ноёб шедеврлар қайтарилмоқда.


