"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar

Yangiliklar (653)

Fakt 24 | Beruniyning 1000 yil avvalgi globusi qayta tiklandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

? Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

?Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!

2025-yil 26-dekabr kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida institut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Usmonov Ibrohim Sabirovichning 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi doirasida "Hakim Termiziy asarlarining fiqh ilmi rivojidagi o'rni" mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining bo'imlararo qo'shma muhokamasi bo'lib o'tdi.

Dissertatsiya ishi keyingi bosqichda ko'rib chiqish uchun tavsiya etildi.

 

 

 

2025-yil 29-dekabr kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi J.D. Ostonovning "Fransuz sharqshunosligida Markaziy Osiyo siyosiy tarixi (VI-XII asrlar)" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi hamda tayanch doktoranti Sh.Sh. Karimovning "Xondamirning "Dastur al-vuzaro" asari Temuriylar davlat boshqaruviga oid muhim manba" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi Institutning bo'limlararo muhokamasidan o'tkazildi.

Muhokama yakunida ikkala dissertatsiya majlisda ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va berilgan tavsiyalarni inobatga olish sharti bilan seminar bosqichiga tavsiya etildi.

 

 

 

2025 yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarda quyidagi institut tadqiqotchilarining dissertatsiyalari muhokama qilindi:

O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi t.f.n. AMINOV HAMIDULLA ABDIRAHIMOVICH
"SHAYBONIYLAR DAVRIDA FIQH ILMI VA UNING MANBALARI";

O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti TOJIYEV DOSTONJON BEKNAZAR O‘G‘LI
"TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA ILMIY VA MADANIY HAMKORLIK";

Mazkur muhokama quyidagi ixtisosliklar doirasida amalga oshirildi:
07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari;
07.00.03 - Jahon tarixi.

Tadqiqotchilar dissertatsiyalari yakuniy himoyaga tavsiya etildi.

 

 

 

 

 

Wednesday, 24 December 2025 04:52

Ilmiy seminar

Sizni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 02/30.12.2019. Tar.44.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz.

Majlis 2025-yil 25-dekabr, payshanba kuni soat 10:00 da boshlanadi.

O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi t.f.n. AMINOV XAMIDULLA ABDIRAXIMOVICH
"SHAYBONIYLAR DAVRIDA FIQH ILMI VA UNING MANBALARI"
07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti TOJIYEV DOSTONJON BEKNAZAR O‘G‘LI
"TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA ILMIY VA MADANIY HAMKORLIK"
07.00.03 - Jahon tarixi

Join Zoom Meeting
https://us04web.zoom.us/j/9700883919?pwd=V2JlS1Y1VlFybHNVaEI0aGk4R3EwQT09&omn=78739482800

View meeting insights with Zoom AI Companion
https://us04web.zoom.us/launch/edl?muid=c1f1e00c-fd66-42bf-aced-17d6db3a5e32

Meeting ID: 970 088 3919
Passcode: 42utFN

✅Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKOning 43-sessiyasida Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni xalqaro miqyosda e’tirof etilgan edi.

✅Shu munosabat bilan joriy yilning 15-16-dekabr kunlari Toshkentdagi Turkiy davlatlar xalqaro universitetida Butunjahon turkiy tillar oilasi kuniga bag‘ishlangan “Turkiy dunyo yoshlari ta’lim forumi” bo'lib o'tdi.

✅Ushbu nufuzli forumda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi f.f.d., prof. Baxtiyor Karimov hamda tayanch doktorantlar Dostonjon Tojiyev va Sarbozbek Saparovlar ham faol ishtirok etdi.

✅Forumda Turkiya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg'iziston, Ozarbayjonlik olimlar va soha mutaxassislari ishtirokida panel sessiyalari, ilmiy muhokamalar, diplomatik simulyatsiyalar bilan davom etib, yakunda rezolutsiya qabul qilindi hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga yuborilishi ma'lum qilindi.

 

 

 

 

 

 

Page 10 of 47

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…