"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar (634)
«Bilimkent»da ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi!
2026-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DSc), professor Nigora Allayeva tomonidan yosh tadqiqotchilar uchun
«G‘oyadan dissertatsiyagacha: tahlil va talqin»
mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-Tarix fanining zamonaviy metodologiyalari
-Tarixiy matnlarga tadqiqotchining yondashuvi
-Ilmiy apparatni shakllantirish masalalari
-Dissertatsiya ustida ishlashning muhim bosqichlari
Seminarda yosh tadqiqotchilar va yetuk olimlar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi hamda dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar oʻz ilmiy qarashlari va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.


Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi
2026-yil 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” mavzusida V xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy nomi — bu faqat ulug‘ shoir yoki yirik davlat arbobi nomi emas, balki butun bir maʼnaviy maktab, tafakkur fenomeni, insoniyat kamolotiga xizmat qiluvchi beqiyos maʼrifiy tizimdir. Uning serqirra ijodi asrlar davomida xalqimiz maʼnaviy hayotini boyitib kelmoqda, turkiy xalqlar adabiyoti va tafakkuri taraqqiyotida poydevor vazifasini o‘tamoqda.
Navoiy qaysi mavzuda qalam tebratmasin — ijtimoiy hayot, axloq, davlatchilik, inson ruhiyati, ishq va muhabbat — barchasida hayot haqiqatlarini chuqur falsafiy mushohada bilan yoritgan. U insonni, jamiyatni va zamonni bir butun tizim sifatida anglagan mutafakkir edi. Shu maʼnoda Navoiy ijodi bugungi kunda ham faqat adabiy yodgorlik sifatida emas, balki jamiyat maʼnaviy rivoji uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho manba sifatida qadrlanmoqda.

Kitob - albom
“Kitob - albom” bu qo‘lda jonlanadigan tarix…✨
Har bir sahifa nafaqat matn va suratlar, balki yuqori sifatli tipografiyа tajribasining namunasidir. Shu bois biz mijozlarimizga nafaqat kitob, balki o‘ziga xos kolleksiya qiymatiga ega mahsulot taqdim etamiz.
Barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkun ⬇️
+998997978805 (https://t.me/Mega_basim)
+998997975508 (https://t.me/megabasim)
Instagram: @megabasimuz
? This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

So‘z sultoni — Navoiy
Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti, tasavvufi tafakkur va ma’naviy kamolot osmonida porlagan eng yorqin yulduzdir.
Shunday ulug‘ siymo haqida kitob tayyorlab, uni chop etish biz uchun katta sharaf, chuqur mas’uliyat va qalbdan kechgan g‘ururdir.
Barcha kitoblar Turkiyaning Mega Basim bosma honasida chop etilgan. ?
Savol va ma'lumotlar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkun ⬇️
+998997978805 ?
+998997975508 ☎️
Instagram: @megabasimuz
? This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


Yuksak e’tirof va samimiy tabrik!
Biz uchun aziz va muhtaram bo‘lgan ustozimiz — ilm-fan va ma’rifat fidoyisi Dilorom Yusupovaga nufuzli “Moʻtabar Ayol” koʻkrak nishoni topshirilgani barchamiz uchun katta faxr va quvonchdir.
Ushbu yuksak mukofot ustozimizning ko‘p yillik fidokorona mehnati, ilm yo‘lidagi xizmatlari, shogirdlar tarbiyasidagi beqiyos hissasi hamda jamiyatdagi munosib o‘rni e’tirofi sifatida berilgani bilan yanada qadrli.
Muhtaram ustozimizga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, ilm yo‘lida yanada yuksak zafarlar, doimo baland martaba va cheksiz hurmat-e’tibor tilaymiz.
Sizning ilmiy va hayotiy tajribangiz biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qolaveradi!

Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga tarixiy tashrifi
Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash
QADIMGI TAQVIMLAR NIMAGA ASOSLANIB TUZILGAN?
SHARQSHUNOSLARNING AKADEMIK UBAYDULLA KARIMOV NOMIDAGI XXI XALQARO ILMIY KONFERENSIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 2026-yil 15-aprel kuni sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XXI xalqaro ilmiy konferensiyasini o‘tkazadi. Tashkilotchilar sharqshunoslik fanining turli yo‘nalishlari sanalgan Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, iqtisodi, manbashunoslik, qo‘lyozmalar konservatsiya va restavratsiyasi, islomshunoslik, va matnshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistrantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarni xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Yosh tadqiqotchilarga e’tibor qaratilgan holda, boshqa ishtirokchilarning yoshi chegaralanmagan. Ilmiy ma’ruza uchun maqola o‘zbek, ingliz va rus tillarida (5–10 bet, 14 shrift 1,5 intervalda) 2026-yil 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Ma’ruza uchun reglament 10 daqiqa.
Islom sivilizatsiyasida saroy kutubxonalarining o‘rni | 1-qisim.
More...
Fakt 24 | Beruniyning 1000 yil avvalgi globusi qayta tiklandi
Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.
? Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.
?Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!
"Hakim Termiziy asarlarining fiqh ilmi rivojidagi o'rni"
2025-yil 26-dekabr kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida institut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Usmonov Ibrohim Sabirovichning 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi doirasida "Hakim Termiziy asarlarining fiqh ilmi rivojidagi o'rni" mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining bo'imlararo qo'shma muhokamasi bo'lib o'tdi.
Dissertatsiya ishi keyingi bosqichda ko'rib chiqish uchun tavsiya etildi.



Institutning bo'limlararo muhokamasidan o'tkazildi.
2025-yil 29-dekabr kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi J.D. Ostonovning "Fransuz sharqshunosligida Markaziy Osiyo siyosiy tarixi (VI-XII asrlar)" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi hamda tayanch doktoranti Sh.Sh. Karimovning "Xondamirning "Dastur al-vuzaro" asari Temuriylar davlat boshqaruviga oid muhim manba" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi Institutning bo'limlararo muhokamasidan o'tkazildi.
Muhokama yakunida ikkala dissertatsiya majlisda ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va berilgan tavsiyalarni inobatga olish sharti bilan seminar bosqichiga tavsiya etildi.

