"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar (624)
Чилонзорда наркокурерларни қўлга олган инспектор муддатидан олдин майор унвонини олди
Уларнинг ёнидан 295 дона прегабалин ва 35 дона кучли таъсир қилувчи капсула топилган. Маҳалладаги бир неча жойга кўмиб қўйилган дори воситалари ҳам аниқланиб, ашёвий далил сифатида олинган.
? https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
Хориждан олиб келинган синтетик наркотик ва кучли таъсир қилувчи дорилар тўхтатиб қолинди
ДХХ хабарига кўра, олдиндан кузатувга олинган Nexia-3 машинаси текширилганда, ундан 4 кг 811 гр “Альфа ПВП” синтетик наркотик моддаси топилган.
Бош ҳолатда эса Андижонда икки фуқаро қирғизистонлик шахс чегарадаги сим тўсиқдан улоқтирган пакетни қабул қилиб олганда ушланган. Пакетдан 9988 дона “Зардекс” кучли таъсир қилувчи дориси топилган.
Ҳозирда ҳар икки ҳолат бўйича жиноят иши қўзғатилган.
? @Axborotyangiliklari
Диний эътиқод
Диний эътиқод ва одамлар ишончидан фойдаланиб, эҳсон йиғиш ниқоби остида жамғарилган пулларни халқаро террористик ташкилотлар фаолиятига сарфлаётган шахсларнинг найрангига учманг.
Унутманг, терроризмни қўллаб-қувватлаш жиноий жавобгарликка сабаб бўлади!
Самарқанда Тожикистондан олиб кирилган қарийб 30 кг наркотик мусодара қилинди
Рейд давомида 3 нафар фуқаро Панжикентга бориб, 14 кг 766 гр опий ва 14 кг 958 гр гашишни сотиб олиб, “ўзбек-тожик” чегарасини бузиб ўтаётган вақтида қўлга олинган.
Бошқа ҳолатда эса автомашина гаражидаги хуфия жойда мармар тошлари орасига беркитилган 9 кг 40 гр опий моддаси аниқланган.
Ҳар икки ҳолат юзасидан фуқароларга жиноят иши қўзғатилган.
2026 йилнинг сўнгги икки ойида Ўзбекистонда 8 та нарколаборатория фаолиятига чек қўйилди
Бу ҳақда Президент Администрацияси ҳузуридаги Гиёҳвандлик воситалари ва ўқотар қуролларни назорат қилиш агентлиги хабар бермоқда.
Шунингдек, жами 375 кг наркотик, психотроп ва кучли таъсир қилувчи моддаларнинг муомалага чиқиб кетишининг олди олинган.
O‘zbekiston va Tojikiston: ittifoqchilik va mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbollari
Toshkent shahrida “O‘zbekiston va Tojikiston: ittifoqchilik va mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjumanda O'zR FA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahimov ham ishtirok etdi.
Konferensiya davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, madaniy-maʼrifiy hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy taraqqiyot istiqbollariga oid dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Mazkur ilmiy muloqot ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana-da mustahkamlash, tarixiy va maʼnaviy merosni birgalikda o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.





Abdullayev Botirjon Qosimovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Jamshid Koshiyning “Ziji Xoqoniy” asari Temuriylar davriga oid muhim astronomik manba” mavzusida
Abdullayev Botirjon Qosimovichning 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi hamda 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi bo‘yicha “Jamshid Koshiyning “Ziji Xoqoniy” asari Temuriylar davriga oid muhim astronomik manba” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-mart kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Tel.: (+99871) 262-54-61
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 11-mart kuni OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tdi.
? Seminarda mazkur institut katta ilmiy xodimi, t.f.n. Usmanov Ibrohim Sabirovichning “Hakim Termiziy asarlarining fiqh ilmi rivojidagi oʻrni” mavzusidagi dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi. Mazkur ish tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan.
? Shuningdek, OʻzR FA Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Karimov Sherzod Shavkat oʻgʻlining “Xondamirning "Dastur al-vuzaro" asari Temuriylar davlat boshqaruviga oid muhim manba” mavzusidagi dissertatsiyasi ham muhokama qilindi. Ushbu tadqiqot tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan.
✅ Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, har ikkala dissertatsiya ishi OʻzR FA Sharqshunoslik instituti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilish uchun tavsiya etildi.






Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz.
Sizni OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisiga taklif etamiz.
? Sana: 2026-yil 11-mart (chorshanba)
? Vaqt: 10:00
Seminar davomida quyidagi dissertatsiyalar muhokama etiladi
? Usmanov Ibrohim Sabirovich – t.f.n., dotsent, OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
? “Hakim Termiziy asarlarining fiqh ilmi rivojidagi oʻrni”
? Ixtisoslik: 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun.
? Karimov Sherzod Shavkat oʻgʻli – OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi
? “Xondamirning "Dastur al-vuzaro" asari Temuriylar davlat boshqaruviga oid muhim manba”
? Ixtisoslik: 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun.
Barcha qiziquvchilarni seminar majlisida faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Seminarda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM havolasi ???
https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1
955 9310 1768
210637
Akademik Dilorom Yusupova: “Ilmni lavozim uchun qilmaganman”
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor, akademik Dilorom Yusupova oʻz hayot yoʻli misolida mehnat qilishning ahamiyati va uning mevasi haqida mulohazalarini bildirdi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda (https://youtu.be/6ER5gjb2HCs) koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: video yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.
More...
Boku shahrida Birinchi turkiy qurultoyning yuz yilligi nishonlanmoqda
Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birinchi turkiy qurultoyning yuz yilligi nishonlanmoqda va unga bag'ishlangan xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda. Unda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov ham ishtirok etmoqda. Tadbir davomida professor B. Abduhalimov so'zga chiqib, ilk qurultoy haqidagi o'z fikrlarini izhor etdi:
"Qurultoy XX asr boshlarida turkologiya ilmiy va madaniy muhitidagi dolzarb masalalariga alohida diqqat qaratgan va uning ishida taqdim etilgan ma'ruzalarda gumanitar, ijtimoiy fanlar va turkologiyaning dolzarb masalalari aks ettirilgan va aniq takliflar ilgari surilgan".


Batafsil: https://science.gov.az/az/news/open/35166
Ibn Sinoning ruhiy kasallarni ham davolagani xususida. Faxriddin Ibragimov
O‘ZBEKISTON TARIXIDAGI BAHSLI MAVZULAR | AKADEMIK DILOROM YUSUPOVA
Tarixnavis va manbashunos olima Dilorom Yusupova ilmiy rahbarlik masalalari, dissertatsiyalar sifati, Temuriylar davri manbalari va O‘zbekistonda ilm-fanning buguni hamda kelajagi haqida ochiqcha fikr bildirdi.
Sharqshunoslik institutida maʼmuriyat va kasaba uyushmasi
2026-yil 26-fevral kuni Sharqshunoslik institutida maʼmuriyat va kasaba uyushmasi o‘rtasida 2024-2026-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut direktor o‘rinbosari S. Jumayev va institut kasaba uyushmasi raisi B. Xodjayevalar hisobot berdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar taklif-mulohazalar bildirib, o‘tgan davr mobaynida olib borilgan ishlarni qoniqarli deb topdi va dalolatnoma komissiyasi axborotini maʼqulladi.






