Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar (687)
Ilmiy nashrlar targ‘iboti yo‘lida yangi hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti hamda “Bayoz” nashriyoti o‘rtasida institut olimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlarni nashr qilish hamda tijoratlashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Mazkur hamkorlik Sharqshunoslik institutida yaratilayotgan ilmiy ishlanmalar, tarixiy-manbaviy tadqiqotlar va madaniy-ma’rifiy nashrlarning keng kitobxonlar ommasiga yetib borishiga xizmat qiladi. Shuningdek, institut ilmiy salohiyatini nashriyot amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, yangi kitoblar nashrini tizimli yo‘lga qo‘yish va ularning targ‘ibotini kuchaytirish imkonini beradi.
Ushbu kelishuv ilm-fan, nashriyot sohasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.






O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Abdusattor JUMANAZAR Boborahim Mashrab hayotiga doir yangi ma'lumotlarni taqdim qilmoqda:
"Qashqadaryoda xizmat safarida yurganimda Qarshi – Chiroqchi katta yo‘li yoqasida bir til-adabiyot o‘qituvchisi qurimizga kelib qo‘shildi. Salom-alikdan so‘ng “Sizni tanidim, o‘n yilcha oldin “Mashrab” kitobingizni o‘qigandim. Undagi ma’lumotlar, mulohazalar menda va boshqa domlalarda ham kuchli taassurot qoldirgandi. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay ularning ilmga hech qanday foydasi, ta’siri ko‘rinmadi. Darsliklarga biror o‘zgarish kiritilmadi, Boborahim Mashrabga oid ma’lumotlar o‘sha eski holicha turibdi. Hozirgacha o‘quvchilarimga bu mavzuda dars o‘tishga qiynalaman. Tadqiqotchilarning haqiqatga yopishmay turgan ko‘plab talqinlari va tarixiy voqealari o‘z o‘rnini topolmay har tarafga sochilib ketgan... O‘qituvchining ahvolini o‘zingiz tasavvur qilib olavering. Yosh avlodga bunday ma’lumotlarni berish – ularni aldash deb o‘zimdan norozi bo‘laveraman” degandi u.
O‘sha yo‘l yoqasida ikki Mashrab haqidagi gurung ancha cho‘zildi. Voqealari yo‘q tarix... Keling, bugun unga birgalikda nazar tashlaylik. Balki o‘sha voqealarni ular yo‘q joylardan qidirib yurgandirmiz".
Maqolani batafsil quyidagi havolada o'qishingiz mumkin: https://oyina.uz/uz/article/4722
“Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari uchun ilgʻor yechimlarni yarata oladigan yangi avlod ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kengashlar faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, izlanuvchilarni tayyorlashda ustuvorlik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiniga qaratilgan.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi:
☑️ raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, maʼlumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish;
☑️ atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan, vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari;
☑️ agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urugʻchilik, seleksiya,
gen texnologiyalari;
☑️ tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan, biomeditsina, genetika, farmatsevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarning oldini olish;
☑️ suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni taʼminlash, jumladan, choʻllanishning oldini olish va iqlim oʻzgarishiga moslashish;
☑️ yangi materiallar va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalari,
shu jumladan, nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar;
☑️ seysmik xavfsizlikni taʼminlash.
Олий аттестация комиссияси Фанлар Академияси таркибига ўтказилади
Президент ҳузурида ўтган тақдимотда Ўзбекистонда илмий кадрлар тайёрлаш ва илм-фан тизимини ислоҳ қилиш бўйича қатор муҳим таклифлар илгари сурилди.
Унда илмий соҳани бюрократиядан холи қилиш, амалий тадқиқотларни кучайтириш ва академик ҳалолликни таъминлаш асосий йўналиш сифатида кўрсатилди.
Тақдим этилган энг муҳим ўзгариш ва ташаббуслар қуйидагилардан иборат бўлди:
— сунъий интеллект, қайта тикланувчи энергия, тиббиёт, сув ресурслари, озиқ-овқат хавфсизлиги ва сейсмология каби устувор соҳалар бўйича докторантлар учун янги қўллаб-қувватлаш тизимини жорий этиш;
— ушбу йўналишлардаги докторантлар стипендиясини 1,7 баробарга ошириш;
— илмий тадқиқотларда қўлланиладиган асбоб-ускуна ва реагентлар учун ҳар йили қўшимча маблағ ажратиш;
— илмий раҳбарларнинг масъулиятини кучайтириш ва муваффақиятли ҳимоя қилинган диссертациялар асосида натижага қараб рағбатлантириш тизимини жорий қилиш;
— Олий аттестация комиссияси (ОАК) фаолиятини Фанлар академияси тизимига ўтказиш;
— илмий кенгашлар фаолиятини рейтинг асосида баҳолаш;
— диссертация ҳимояси жараёнларини тўлиқ рақамлаштириш ва амалдаги бюрократик жараёнларнинг қарийб 50 фоизини қисқартириш;
— авторефератларни кўп нусхада чоп этиш ва диссертацияларни такроран муҳокама қилиш каби ортиқча талабларни бекор қилиш;
— “Лойиҳа доирасида илмий даража” ҳамда “Амалий докторантура” дастурларини йўлга қўйиш;
— PhD илмий даражасини реал сектор эҳтиёжларига мос амалий тадқиқотлар асосида олиш механизмини жорий этиш;
— илмий лойиҳаларни баҳолашга халқаро экспертларни жалб қилиш ва рақамли саралаш тизимини жорий этиш;
— олимларнинг илмий фаолиятини кузатувчи ягона рақамли платформани ишга тушириш;
— академик ҳалоллик ва илмий этика стандартларини кучайтириш;
— хорижда фаолият юритаётган ўзбекистонлик олимлар иштирокида Илм-фан маслаҳат кенгашини ташкил этиш кабилар айтиб ўтилган.
Oliy attestatsiya komissiyasi va Fanlar akademiyasi o'rtasidagi "kurash"da FA g'alaba qozondi!
Doktorantlar stipendiyasini 1,7 barobarga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlarda zarur boʻlgan asbob-uskuna va reagentlar xaridi uchun har yili qoʻshimcha mablagʻ ajratib borish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ilmiy rahbarlar masʼuliyati va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kuchaytirish taklif qilindi. Endilikda muvaffaqiyatli himoya qilingan dissertatsiyalar boʻyicha ilmiy rahbarlarning xalqaro ilmiy faollik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda natijaga yoʻnaltirilgan ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish koʻzda tutilmoqda.
Yana bir muhim yoʻnalishlardan biri – Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar taklif etildi.
Bunda Oliy attestatsiya komissiya faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish, ilmiy kengashlar masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatini reyting asosida baholash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ilmiy daraja berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish taklif qilindi.
Xususan, hozirgi kunda dissertatsiya himoyasi jarayonida amal qilayotgan tartib-taomillarning 50 foizi raqamlashtirish hisobidan qisqartiriladi.
Mazkur jarayonda koʻp sonli hujjatlarni chop etish, avtoreferatlarni katta miqdorda tayyorlash hamda dissertatsiyalarni takroran muhokama qilish bilan bogʻliq ortiqcha talablar bekor qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu esa izlanuvchilar uchun qulaylik yaratish, vaqt va mablagʻ sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasini kuchaytirish maqsadida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olishni nazarda tutuvchi “Loyiha doirasida ilmiy daraja” hamda “Amaliy doktorantura” dasturlarini yoʻlga qoʻyish taklif qilindi.
Ushbu yondashuvlar doirasida doktorlik tadqiqotlari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda ilmiy izlanishlar real sektor korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilib, ularning natijalarini amaliyotga joriy etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va saralash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Jarayonga xalqaro ekspertlarni jalb qilish, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida loyihalarni baholash tizimini joriy qilish hamda ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishda shaffoflik va samaradorlikni oshirish koʻzda tutilmoqda.
Shu bilan birga, ilmiy faollikning yuqori oʻsish surʼatlari tadqiqot sifati, akademik halollik va ichki ilmiy nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Shu munosabat bilan olimlarning ilmiy faoliyatini kuzatishning yagona raqamli tizimini joriy etish, ilmiy etika standartlarini takomillashtirish, tadqiqot sifati ustidan taʼsirchan monitoring mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish taklif qilindi.
Xorijda faoliyat yuritayotgan tajribali vatandosh olimlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Jumladan, ilm-fan sohasini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, ilmiy tadqiqot madaniyatini mustahkamlash hamda zamonaviy metodologik standartlarni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiquvchi Ilm-fan maslahat kengashini tashkil etish taklifi bildirildi.
Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ilm-fanni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada ilmiy faollik, xalqaro ilmiy nashrlardagi maqolalar soni hamda yuqori reytingga ega jurnallarda chop etilayotgan tadqiqotlar ulushi izchil oʻsib bormoqda.
Qolaversa, ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini kuchaytirish, akademik halollik tamoyillarini mustahkamlash va sohadagi boshqaruv tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish muhim vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Shu munosabat bilan taqdimotda yuqori salohiyatli ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Mamlakatimizning uzoq muddatli ilmiy-texnologik rivojlanishi uchun ustuvor hisoblangan sunʼiy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya, oziq-ovqat xavfsizligi, tibbiyot, suv resurslari, yangi materiallar hamda seysmologiya kabi sohalar boʻyicha ilmiy kadrlar tayyorlashda izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilindi.
Bunda ustuvor yoʻnalishlardagi doktorantlar stipendiyasini 1,7 barobarga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlarda zarur boʻlgan asbob-uskuna va reagentlar xaridi uchun har yili qoʻshimcha mablagʻ ajratib borish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ilmiy rahbarlar masʼuliyati va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kuchaytirish taklif qilindi. Endilikda muvaffaqiyatli himoya qilingan dissertatsiyalar boʻyicha ilmiy rahbarlarning xalqaro ilmiy faollik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda natijaga yoʻnaltirilgan ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish koʻzda tutilmoqda.
Yana bir muhim yoʻnalishlardan biri – Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar taklif etildi.
Bunda Oliy attestatsiya komissiya faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish, ilmiy kengashlar masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatini reyting asosida baholash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ilmiy daraja berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish taklif qilindi.
Xususan, hozirgi kunda dissertatsiya himoyasi jarayonida amal qilayotgan tartib-taomillarning 50 foizi raqamlashtirish hisobidan qisqartiriladi.
Mazkur jarayonda koʻp sonli hujjatlarni chop etish, avtoreferatlarni katta miqdorda tayyorlash hamda dissertatsiyalarni takroran muhokama qilish bilan bogʻliq ortiqcha talablar bekor qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu esa izlanuvchilar uchun qulaylik yaratish, vaqt va mablagʻ sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasini kuchaytirish maqsadida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olishni nazarda tutuvchi “Loyiha doirasida ilmiy daraja” hamda “Amaliy doktorantura” dasturlarini yoʻlga qoʻyish taklif qilindi.
Ushbu yondashuvlar doirasida doktorlik tadqiqotlari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda ilmiy izlanishlar real sektor korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilib, ularning natijalarini amaliyotga joriy etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va saralash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Jarayonga xalqaro ekspertlarni jalb qilish, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida loyihalarni baholash tizimini joriy qilish hamda ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishda shaffoflik va samaradorlikni oshirish koʻzda tutilmoqda.
Shu bilan birga, ilmiy faollikning yuqori oʻsish surʼatlari tadqiqot sifati, akademik halollik va ichki ilmiy nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Shu munosabat bilan olimlarning ilmiy faoliyatini kuzatishning yagona raqamli tizimini joriy etish, ilmiy etika standartlarini takomillashtirish, tadqiqot sifati ustidan taʼsirchan monitoring mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish taklif qilindi.
Xorijda faoliyat yuritayotgan tajribali vatandosh olimlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Jumladan, ilm-fan sohasini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, ilmiy tadqiqot madaniyatini mustahkamlash hamda zamonaviy metodologik standartlarni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiquvchi Ilm-fan maslahat kengashini tashkil etish taklifi bildirildi.
Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni har tomonlama puxta ishlab chiqish, ilm-fan va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda ilmiy tadqiqotlar sifatini yanada oshirish muhimligini taʼkidladi.
Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Karyera kuni
2026-yil 25-may kuni O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ish beruvchi tashkilot sifatida faol ishtirok etdi. Institut vakillari tomonidan bakalavr va magistratura bosqichini tamomlayotgan bitiruvchi talabalarga institutda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari – doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlari haqida tushuntirishlar berilib, qabul tartibi va talablar yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida talabalarning savollariga atroflicha javob berilib, ilmiy faoliyatni davom ettirish hamda institut bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.




"Ismat ul anbiyo"
O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Ismat ul anbiyo" asarining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Mazkur nashr O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan yagona nusxa asosida tayyorlandi va ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi.
O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Abdusattor JUMANAZAR Boborahim Mashrab hayotiga doir yangi ma'lumotlarni taqdim qilmoqda:
"Qashqadaryoda xizmat safarida yurganimda Qarshi – Chiroqchi katta yo‘li yoqasida bir til-adabiyot o‘qituvchisi qurimizga kelib qo‘shildi. Salom-alikdan so‘ng “Sizni tanidim, o‘n yilcha oldin “Mashrab” kitobingizni o‘qigandim. Undagi ma’lumotlar, mulohazalar menda va boshqa domlalarda ham kuchli taassurot qoldirgandi. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay ularning ilmga hech qanday foydasi, ta’siri ko‘rinmadi. Darsliklarga biror o‘zgarish kiritilmadi, Boborahim Mashrabga oid ma’lumotlar o‘sha eski holicha turibdi. Hozirgacha o‘quvchilarimga bu mavzuda dars o‘tishga qiynalaman. Tadqiqotchilarning haqiqatga yopishmay turgan ko‘plab talqinlari va tarixiy voqealari o‘z o‘rnini topolmay har tarafga sochilib ketgan... O‘qituvchining ahvolini o‘zingiz tasavvur qilib olavering. Yosh avlodga bunday ma’lumotlarni berish – ularni aldash deb o‘zimdan norozi bo‘laveraman” degandi u.
O‘sha yo‘l yoqasida ikki Mashrab haqidagi gurung ancha cho‘zildi. Voqealari yo‘q tarix... Keling, bugun unga birgalikda nazar tashlaylik. Balki o‘sha voqealarni ular yo‘q joylardan qidirib yurgandirmiz".
More...
Kutubxona-axborot faoliyati”
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti tashabbusi bilan “Raqamli texnologiyalar sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning konseptual asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli konferensiya raqamli texnologiyalar asrida ijtimoiy-gumanitar fanlarni yangi bosqichga olib chiqish, kutubxona-axborot faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimiga innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish yo‘lida o‘zaro tajriba almashish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini bajardi.
Anjuman davomida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Sherali Qo'ldoshev T “jadidlar.uz elektron platformasida san'at va madaniyat masalalari” mavzusidagi dolzarb ma’ruzasini taqdim etdi.




Ilmiy hayotimizdagi muhim voqea
2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida tarixshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida muhim ilmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Kunning birinchi yarmida institut tadqiqotchisi Idiyev Akbar Avaz o‘g‘li tomonidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “XVI–XVII asrlar yozma manbalarida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar” mavzusidagi dissertatsiya ishi institut bo‘limlararo qo‘shma majlisida muhokama qilindi.
Muhokama davomida dissertatsiya ishining ilmiy dolzarbligi, manbashunoslik asoslari, tadqiqot natijalari va ilmiy yangiliklari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda mazkur tadqiqot ishi keyingi bosqichga tavsiya etildi.
Shuningdek, shu kunning ikkinchi yarmida institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Aminov Hamidulla Abdiraximovichning tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Shayboniylar davrida fiqh ilmi va uning manbalari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisi yakunida X.A. Aminovning dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tgani e’tirof etildi. Mazkur ilmiy tadbirlar institutda tarixshunoslik, manbashunoslik va yozma meros tadqiqotlari izchil davom etayotganini, yosh va yetuk tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarining muhim bosqichlarga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Institut jamoasi nomidan tadqiqotchilarni ushbu muhim ilmiy bosqichlar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
YOSH TADQIQOTCHILAR XALQARO E’TIROFDA
Ozarbayjonlik tadqiqotchi, doktor Buyukaga Mikayili OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Sarboz Safarov faoliyatiga yuksak baho berdi.
Oʻzbekistonga ilmiy safari davomida u Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan “Qutadgʻu bilig”ning Fargʻona nusxasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlganini taʼkidladi. Olimning fikricha, mazkur manba uning ilmiy izlanishlarining keyingi bosqichi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur eʼtirof yosh olimlarimizning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va milliy qoʻlyozma merosimizni dunyo ilm-faniga tanitish yoʻlidagi samarali faoliyatining yana bir tasdigʻidir.




600 кг гиёҳванд модда
Афғонистондан Ўзбекистонга қарийб 600 кг гиёҳванд моддаси экскаватор орқали олиб ўтилаётганда қўлга олинибди.