"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar (608)
PREZIDENT TASHABBUSI BILAN BUNYOD BO‘LAYOTGAN NOYOB LOYIHA
Akademik Dilorom Yusupova
Taniqli manbashunos olima, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Yusupova Dilorom Yunusovna 1941-yil 21-iyulda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan.
1958-yilda oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan tugatib, Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning Sharq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1963-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, shu yildan mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida davom ettirgan.
Dilorom Yusupova oʻrta asrlarning yirik tarixchisi va davlat arbobi Fasih Xavofiyning Amir Temur hokimiyatga kelish arafasidan to Temuriylargacha boʻlgan 140 yillik davrni qamrab olgan "Mujmali Fasixiy" nomli asarni fors tilidan rus tiliga oʻgirib, unga mukammal ilmiy izohlar berib, 1980-yil nashr etdi, 2018-yilda esa, bu noyob manbaning toʻldirilgan tarjimasini oʻzbek tiliga chop qildi. U ushbu yirik asarning tarjimasini amalga oshiribgina qolmay, uning ustida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ilmiy ishlarining natijalari sifatida 1974-yilda “Mujmali Fasixiy” – Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharq tarixi va madaniyati tarixi manbasi sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2001-yilda esa Xondamir ijodi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dilorom Yusupova hali sharqshunoslikda nomaʼlum boʻlgan qimmatli maʼlumotlarni ilmiy jihatdan tahlil etib, fanni boyitdi va shu davri boʻyicha tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Dilorom Yusupova koʻp yillik mehnatlari natijasida 2011-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2021-yilda “ koʻkrak nishoni bilan, 2023-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Akademik Dilorom Yunusovnani bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Ilm atalmish bu mashaqqatli yo’lda yana uzoq yillar sobitqadamlik bilan mamlakatimiz ilm-fani rivojida o’z hissalarini qo’shishda, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz!
EL SUV ICHGAN DARYOLAR XAMID SULAYMONOV
“XIVA XONLIGI VOQEOTLARI” (I-II QISM) NOMLI KITOB NASHR QILINDI
Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi tomonidan “Xiva xonligi voqeotlari” (Birinchi kitob va Ikkinchi kitob) deb nomlangan kitob nashr qilindi.
Ushbu kitobda Xiva xonligi hududida XVII – XIX asrlar va XX asr boshlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeotlar, xonlik hududida kechgan hayotiy jarayonlar o‘sha davrlarda ijod qilgan Xorazm tarixnavisligining yetuk namoyondalari Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxon va uning farzandlari, Xiva xonligi miroblari shoir, tarixchi va tarjimonlar Shermuhammad Munis, uning zamondoshi va yaqin qarindoshi Muhammad Rizo Ogahiy, shuningdek, tarixchi va tarjimon Muhammad Yusuf Bayoniylar tomonidan Xiva xonligi va xonlari tarixini yorituvchi noyob tarixiy asarlari hamda mualliflar tomonidan mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar orqali yoritilib beriladi.
Kitob oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, tadqiqotchilar, maktab o‘quvchilari, shuningdek, Xiva tarixiga qiziquvchi keng omma uchun mo‘ljallangan.
"Birinchi Renessans yuksalishining asl ilmiy quvvati aynan madrasalar boʻlgan" — Abdusattor Jumanazar
Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказида Биринчи Ренессанс даври бўлими бўйича илмий семинар бўлиб ўтди. Унда Мовароуннаҳрдаги илк мадрасалар тарихига бағишланган кўргазма таркибидаги композициянинг илмий ва маънавий аҳамияти ҳақида Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти катта илмий ходими Абдусаттор Жуманазар қуйидагича фикр билдирди:
— Биринчи Ренессанс юксалишининг асл замини, унинг руҳий ва илмий қуввати — айнан мадрасалар бўлган. Ўша буюк даврда етишиб чиққан Муҳаммад ибн Мусо Хоразмий, Аҳмад Фарғоний, Абу Наср Фаробий, Имом Бухорий, Имом Мотуридий, Ибн Сино, Абу Райҳон Беруний каби мутафаккирлар ва олимлар бунга ёрқин мисолдир. Уларнинг барча илмий ютуқлари замирида мадрасалар ҳақиқий илм ва маърифат маскани сифатида хизмат қилган. Марказ музейи экспозициясида ана шу жиҳатларга эътибор қаратилмоқда.
Dunyo sharqshunoslari - Asomiddin Oʻrinboyev
Atoqli sharqshunos olim, "Zafarnoma"ning ilk nashr qilgan inson, o'zbek fanining zabardast vakili Asomiddin O'rinboyev haqida O'zbekiston tarixi telekanalida ko'rsatuv e'lon qilindi.
Mulla Shamsiddin Shavqiy Namangoniy
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni Qo‘qon xonligi davri tarixnavisligi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri Shavqiy Namangoniyga bag‘ishlanadi.
Шерали Қўлдашев: Жадидлардан қолган "хазина" хали етарлича ўрганилмаган...
Жадид маърифатпарварларининг педагогик фикрлар тараққиётига қўшган хиссаси, педагогик қарашлари, қолдирган мероси ва уларнинг сиймоларини ўрганиш ҳар доим ҳам жамиятнинг асосий мақсади бўлиб келган. Тарихдан маълумки жадидлар ўзларининг қарашларида миллий тарбияни, маърифатпарварлик ғояларини илгари суриб, миллатни илмсизлик жаҳолатидан қутқариш учун эски мактабни ислоҳ қилишни зарурлигини исботлаб, усули жадидияга асос солди.
O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga sanoqli kunlar qoldi.
O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga sanoqli kunlar qoldi. Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Salimaxon Eshonova markaz haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi (https://youtu.be/sEcklpAgJrU?si=MqS02JBBUfbV73tn).
More...
O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIDA QADIMGI XORAZM
Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказида халқимизнинг маънавий тарихини чуқур ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.
Тарих фанлари доктори Омонилла Бўриевнинг айтишича, Соҳибқирон Амир Темурнинг илм-фан ва давлат қурилиши соҳасидаги хизматлари Иккинчи Ренессанс даврининг асосий омилларидан бири сифатида баҳоланмоқда. Унинг ҳаёти ва фаолияти ҳақида олимларимиз томонидан манбалар асосида изланишлар олиб борилмоқда ва асарлар ўзбек тилига таржима қилинмоқда.
Xorazm Ma'mun akademiyasi
Ayni paytda Xorazm Ma'mun akademiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oʼzbek davlatchiligi tarixida Qadimgi Xorazm” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.
Аnjuman shoʼbalari quyidagi ilmiy masalalar ko'rib chiqiladi:
✔️Oʼzbekiston tarixining qadimgi va antik davrida quyi Аmudaryo hududlari
✔️Oʼzbekiston tarixida davlatchilikni shakllanishida quyi Аmudaryo hududlarining oʼrni;
✔️Oʼrta asrlarda Xorazm
Xorazm Maʼmun akademiyasining dunyo tamaddunidagi oʼrni;
✔️Xiva xonligining davlatchilik institutlari va ijtimoiy-siyosiy hayot.
Аnjuman ishida Oʼzbekistonning yetakchi ijtimoiy fan vakillari bilan bir qatorda АQSh, Turkiya, Rossiya, Tojikistonlik mutaxassislar ham ishtirok etmoqdalar.



