"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI


Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar

Yangiliklar (653)

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamda STERNA Heritage hamkorligida ALIPH 2025–4160 Central Asia granti doirasida 2026-yil 12–15-may kunlari tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.
? Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Qozogʻistonda saqlanayotgan qoʻlyozma merosini asrash, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha zamonaviy tajribalarni oʻrganish, shuningdek, soha mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan.
? Seminarning ikkinchi kunida muqovalash tizimi, qoʻlyozmaning tuzilishi, kitob tuzilmalari va muqovalash qismlari hamda muqovalash terminologiyasi masalalari muhokama qilindi. Mashgʻulotlar xalqaro mutaxassislar – Nil Baydar, Nikolas Sarris hamda Konstantina Papavasileiou tomonidan olib borildi.
? Seminarning ikkinchi kunida nazariy bilimlar amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻunlashtirilib, xalqaro tajriba almashinuvi davom ettirildi.

 

 

Wednesday, 13 May 2026 15:47

«Bilimkent»

? 2026-yil 12-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Indiana universiteti professori, Markaziy Osiyo va Temuriylar davri tarixi boʻyicha taniqli amerikalik olim Ron Sela “Before Kingship: Temur, Akbar, and the Improvisation of Sovereignty” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida Amir Temur va Akbarshoh davridagi siyosiy hokimiyat, hukmdorlik legitimatsiyasi, suverenitet tushunchasi hamda ularning tarixiy talqinlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, musulmon dunyosida siyosiy hokimiyat va tarixnavislik masalalariga doir zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in ilmiy munozaralar tashkil etildi.

 

 

 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamda STERNA Heritage xalqaro tashkiloti hamkorligida ALIPH 2025–4160 Central Asia granti doirasida 2026-yil 12–15-may kunlari “O‘zbekiston va Qozog‘iston kutubxonalarida qo‘lyozmalarni konservatsiya va restavratsiya qilish bo'yicha trening” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
? Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Qozogʻiston kutubxonalari hamda ilmiy markazlarida saqlanayotgan qoʻlyozma merosini asrash, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha zamonaviy tajribalarni oʻrganish hamda mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan.
? Seminarning birinchi kunida qoʻlyozmalarni konservatsiya qilish va saqlashning asosiy tamoyillari haqida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
? Seminar anʼanaviy maʼruza shaklidagi darslardan farqli ravishda, soha mutaxassislari uchun nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtiruvchi hamda xalqaro tajriba almashinuvini taʼminlovchi muhim platforma sifatida xizmat qilmoqda.

 

 

Wednesday, 13 May 2026 02:58

Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida institut kichik ilmiy xodimi Xusnutdinov Filipp Romanovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan:

? “Интеллектуальная биография Саййида Махмуда Тарази – представителя эмиграции ‘улама’ из советской Средней Азии в Саудовскую Аравию”

mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.

? Tadqiqot 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, seminar ishtirokchilari tomonidan dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Yakunda dissertatsiya ishi seminar a’zolari tomonidan munosib baholanib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilish uchun tavsiya etildi.

Tuesday, 12 May 2026 05:55

Yangi nashr!

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Dublet fondida saqlanayotgan qo‘lyozmalar tavsifiga bag‘ishlangan “Собрание восточных рукописей академии наук Республики Узбекистан. Краткий каталог Дублетного фонда” nomli qisqa katalog rus tilida uch jildda nashr etildi.

Mazkur katalogda institut Dublet fondida saqlanayotgan 5247 jild qo‘lyozma kitob hamda ulardagi 11 383 ta asar haqida qisqa ilmiy tavsiflar keltirilgan. Tavsiflarda qo‘lyozmalarning inventar raqami, asar nomi, muallifi, tili, hajmi, fan sohasi, ko‘chirilgan vaqti, xattot ismi hamda mavjud nuqsonlari haqida ma’lumotlar berilgan. Nashr talablariga muvofiq katalogga o‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zboshi yozilgan. Shuningdek, uch jildlik nashr oxirida mualliflar, asarlar nomlari hamda xattotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tuzilib, ilova qilingan.

?Mas’ul muharrirlar:
akademik, tarix fanlari doktori, professor Dilorom Yunusovna Yusupova;
tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov.
Nashrga tayyorlovchilar:
tarix fanlari doktori, professor Amanulla Buriev;
kichik ilmiy xodim Fayzullo Faromazi.

?Taqrizchilar:
tarix fanlari doktori, professor O‘ktambek Abdulg‘aniyevich Sultonov;
tarix fanlari nomzodi, dotsent Ma’sudxon Mahdiyevich Ismoilov;
tarix fanlari nomzodi Hamidullo Abdurahimovich Aminov.

Ushbu qisqa katalogni tayyorlashda institutning Qo‘lyozmalarni kataloglashtirish va elektron kataloglarni texnik nazorat qilish bo‘limi xodimlari faol ishtirok etdilar.

Joriy yilning 7-may kuni TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan “Amir Temur va temuriylar ilmiy merosi Qo‘qon xonligi yozma manbalarida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

? Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo tarixi bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori (DSc), professor Qo‘ldashev Sherali Temiraliyevich tashrif buyurib, mavzu yuzasidan mazmunli ma’ruza qildi.

✨ Tadbir davomida talaba-yoshlar tarixiy meros, vatanparvarlik va buyuk ajdodlarimiz ilmiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi Faxriy medali bilan taqdirlandi.
Esdalik nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur eʼtirof ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik yanada mustahkamlanayotganining yaqqol ifodasidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz!

 

 

Когонда фуқаронинг машинаси текширилганда, ундан 993 гр “опий” моддаси топилган.

Суриштирув давом эттирилиб, унга ушбу моддани етказиб берган халқаро юк ташувчи шахс ҳам ушланган. Унинг олдидан 5 кг ва уйидан эса 7 кг “опий” топилган.

Ҳозирда мазкур шахсларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази, Ўзбекистон маданий меросини ўрганиш, сақлаш ва оммалаштириш бўйича Бутунжаҳон жамияти (WOSCU), ЕХҲТ, ўғирланган, йўқолган ва ноқонуний олиб чиқилган санъат асарлари, антиквариат ва маданий бойликларни қидириш билан шуғулланувчи халқаро ихтисослашган компания — Art Loss Register, Metropolitan Police Service, Британиянинг тегишли тузилмалари ҳамда халқаро экспертлар ҳамкорлигида Ўзбекистонга жаҳон аҳамиятига эга нодир ва ноёб шедеврлар қайтарилмоқда.

 

 

 

Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази, Ўзбекистон маданий меросини ўрганиш, сақлаш ва оммалаштириш бўйича Бутунжаҳон жамияти (WOSCU), ЕХҲТ, ўғирланган, йўқолган ва ноқонуний олиб чиқилган санъат асарлари, антиквариат ва маданий бойликларни қидириш билан шуғулланувчи халқаро ихтисослашган компания — Art Loss Register, Metropolitan Police Service, Британиянинг тегишли тузилмалари ҳамда халқаро экспертлар ҳамкорлигида Ўзбекистонга жаҳон аҳамиятига эга нодир ва ноёб шедеврлар қайтарилмоқда.

 

 

 

Page 4 of 47

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…