Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
Yangiliklar

Yangiliklar (687)

Monday, 07 September 2026 15:35

Xalq so‘zi

“Xalq so‘zi” gazetasining 185-sonida:

O‘zbekiston ilm-fani


“Milliy salohiyatdan xalqaro raqobatbardoshlik sari” - Bahrom ABDUHALIMOV, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Toshkent shahar kengashi deputati.

✏️ Le 4 septembre 2026 paraît aux éditions Les Belles Lettres l’ouvrage Penser le monde avec Avicenne — Une introduction à sa philosophie, de Meryem Sebti.

? Le livre revient sur la pensée du grand philosophe et médecin Ibn Sina (Avicenne), né en 980 à Afshana, près de Boukhara, dans l’actuel Ouzbékistan. L’ouvrage explore notamment sa métaphysique, sa conception de l’âme, de la science, de la politique et son héritage intellectuel.

? Asarda 980-yilda O‘zbekistonning Ko'hna Buxoro hududidagi Afshona qishlog'ida tug‘ilgan Abu Ali ibn Sinoning falsafiy merosi, metafizik qarashlari, ruh va ilm haqidagi ta’limoti, siyosiy falsafasi hamda uning zamonaviy tafakkur uchun ahamiyati tahlil qilinadi.

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduhalimov intervyu berdi.

Ғайбулла Бобоёров билан ўғузлар билан гаплашгач, бир куни Феруза Жуманиёзова билан кўришиб қолдим. "Менинг мавзуим ўғузлар эди, кўп айтадиган гапларим бор эди" деди. Такрор бўлиб қолмас эканми деган хаёлда барибир шу мавзуга қайтишга қарор қилдик. Натижа кутганимдан аъло бўлди.

Биринчидан, ўғузлар ҳақида маълумот ҳали кўп экан. Такрор бўлмади, жуда кўп янги нарса билиб олдик.

Иккинчидан, кўришлар сони бир кунда 40 мингдан ошди. Ҳозир 76 минг бўлиб турибди. Демак, мавзуга қизиқиш жуда юқори.

Кўриб, баҳо беринг.

Thursday, 03 September 2026 14:37

Tojiyev Dostonjon Beknazar

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Tojiyev Dostonjon Beknazar o‘g‘lining Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ilmiy va madaniy hamkorlik mavzusidagi 07.00.03 – “Jahon tarixi” ixtisosligi doirasida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli ilmiy kengashning 2026-yil 10-sentabr, payshanba kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

 

Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta majlislar zali.

Tel.: +998(71) 262 54 61

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

O'monning “Oman Daily” nashrida “O'mon Sultonligi va O‘zbekiston hujjatshunoslik hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Maqolada Sultonlik Milliy hujjatlar va arxivlar boshqarmasi raisi doktor Hamad bin Muhammad al-Daviyoniy boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi yoritilgan. Delegatsiyaga O'mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchisi Vafa bint Jabr al-Busaidiy hamrohlik qilgan.

Tashrif davomida delegatsiya Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi qator ilmiy, madaniy hamda arxiv muassasalari, jumladan, Imom Buxoriy markazi, Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan tanishgan.

Nashrda O'mon Sultonligi Milliy hujjatlar va arxivlar boshqarmasi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti o‘rtasida ilgari imzolangan hamkorlik memorandumini amaliy jihatdan faollashtirishga kelishilgani alohida qayd etilgan. Xususan, mikrofilmlashtirish, qo‘lyozmalarni ta’mirlash va saqlash, kataloglarni o‘rganish, ikki tomon uchun mushtarak ahamiyatga ega qo‘lyozmalar nusxalarini almashish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.

Doktor Hamad bin Muhammad al-Dhaviyoniy ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi tarixiy va sivilizatsiyaviy rishtalarga tayangan holda hujjatshunoslik hamda ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, aniq dasturlar asosidagi hamkorlik bilim va tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mushtarak hujjatli merosni asrab-avaylashga xizmat qiladi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va O'mon o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, qo‘lyozma merosini tadqiq etish va uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim amaliy qadamdir.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Xusnutdinov Filipp Romanovichning “Интеллектуальная биография Саййида Махмуда Тарази – представителя эмиграции ‘улама’ из советской Средней Азии в Саудовскую Аравию” mavzusidagi 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi doirasida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli ilmiy kengashning 2026-yil 10-sentabr, payhanba kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

 

Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta majlislar zali.

Tel.: +998(71) 262 54 61

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Avtoreferat

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “O‘zarxiv” agentligi vakillari hamrohligida O‘mon Sultonligi Hujjat va arxivlar boshqarmasi direktori Hamad bin Muhammad al-Davyaniy hamda O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi favquloda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi.

Tashrifning ilk qismida mehmonlar Sharqshunoslik institutining tarixi, bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda dunyo miqyosida e’tirof etilgan qo‘lyozmalar fondi bilan tanishdilar.

O‘monlik delegatsiya vakillari fondda saqlanayotgan noyob qadimiy sharq qo‘lyozmalari, tarixiy hujjatlar va asarlarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar. Mutaxassislar tomonidan bu nodir manbalarni asrash, konservatsiya qilish, restavratsiya etish hamda ularni raqamlashtirish bo‘lib o‘tayotgan amaliy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng institut rahbariyati, yetakchi olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi tarixiy, ilmiy-madaniy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zaro tajriba almashinuv maydonini yaratish masalalari keng muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘mon Sultonligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi qurilishidagi ishtirokiga oid film namoyish etildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.



Ushbu tashrif O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasida qadimiy qo‘lyozma manbalarni o‘rganish, arxivshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

 

 

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, шунингдек, биринчи хонимлар Бухородаги қадимий обида — Сомонийлар мақбарасини зиёрат қилишди.

Page 2 of 50

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…